O‘rta tibbiyot xodimlari “Kitobxon hamshira” ko‘rik-tanlovida bilim chashmasiga bo‘lgan mehrlarini namoyon etdi







O‘zbekiston tumani tibbiyot birlashmasida “Kitobxon hamshira” ko‘rik-tanlovi bo‘lib o‘tdi. Mazkur tadbir “2025-yil - Farg‘onada “Kitobxonlik yili” loyihasi doirasida davlatimiz rahbarining “O‘zbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzi va mavqeyini tubdan oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” Farmonida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash, shuningdek joylarda kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish maqsadida tuman hokimligi, ma’naviyat va ma’rifat markazi bo‘linmasi, tibbiyot birlashmasi hamda axborot-kutubxona markazi hamkorligida tashkillandi. Ishtirokchilar ko‘rik-tanlov nizomiga ko‘ra ixtiyoriy tanlangan asarni mahorat bilan yoritib berish, sahna mahoratini namoyish etish va tezkor savol-javob kabi shartlar bo‘yicha o‘zaro bellashib, bilim chashmasiga bo‘lgan mehrlarini yana bir bor namoyon etdilar. Hakamlar hay’ati tomonidan esa hamshiralarning badiiy tafakkuri, asarni tahlil qilish qobiliyati, nutq madaniyati, bilim va iqtidorlari baholab borildi. Yakunda eng faol ishtirokchilar hamkor tashkilotlar tomonidan ta’sis etilgan diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Tavsiya etamiz
Tavsiya etamiz


Milliy liboslar chelenji: milliylik va qadriyatlarning targ‘iboti



«Chorchinor» mahallasidagi ko‘p sonli aholi murojaati ijobiy xal etildi