Korrupsiyaning har qanday ko‘rinishlariga nisbatan murosasiz munosabatda bo‘lish dolzarb masaladir





Bugungi kunda har bir rahbar va xodimning mehnat faoliyatida ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash, korrupsiyaning har qanday ko‘rinishlariga nisbatan murosasiz munosabatda bo‘lish, jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlariga e’tibor bilan yondashish dolzarb masalalardan hisoblanadi. Bugun Marg‘ilon shahar hokimi Shukurulloxon Nisbatxonov rahbarligida hokimlik apparat xodimlari hamda shahardagi korxona va tashkilot rahbarlari ishtirokida o‘tkazilgan yig‘ilishda ham yuqoridagi masalalarga alohida e’tibor qaratildi. Unda davlat idoralari va tashkilotlari rahbarlari o‘z faoliyatida faqat xalq manfaatlarini ustuvor deb bilishi, aholi murojaatlariga o‘z vaqtida va asosli javob berishlari shartligi, shu bilan birga, shaxsiy manfaatni davlat va jamoat manfaatlaridan ustun qo‘ymaslik yuzasidan qat’iy topshiriqlar berildi. Yig‘ilish yakunida hokim har bir davlat xizmatchisini halollik, mas’uliyat va fidoyilik tamoyillariga tayanishga, jamiyatda adolat va qonuniylik ustuvorligini ta’minlashda shaxsan namuna bo‘lishga chaqirdi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Tavsiya etamiz
Tavsiya etamiz



Xalq deputatlari tuman Kengashining o‘ninchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi

Mahallada sayyor qabul o‘tkazildi

O‘zbekiston tumani hokimining sayyor qabuli o‘tkaziladi

Farg'ona viloyati ikkinchi liga 8-turidan so‘ng musobaqa jadvali ko‘rinishi