Farg‘ona tumanida “Rahbar va yoshlar uchrashuvi” bo‘lib o‘tdi










“Bitiruvchi va ishsiz yoshlar bandligini ta‘minlash, bitiruvchi yoshlarni ta‘limning keyingi bosqichiga yo‘naltirish” mavzusida “Rahbar va yoshlar uchrashuvi” o‘tkazildi. Ochiq muloqotda Farg‘ona tumani hokimi Xamidullo Inomov, tuman Ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i Jaxongir Hasanov, tuman hokimi o‘rinbosarlari, korxona va tashkilot rahbarlari, yoshlar etakchilari, ta‘lim muassasalarining bitiruvchi yoshlari ishtirok etdi. Uchrashuv davomida yoshlardan tadbirkorlikni yo‘lga qo‘yish, innovasion g‘oyalarni amaliyotga joriy etish, tuman tarixini zamonaviy shaklda aks ettirish, bandlikni ta‘minlash, davolanish xarajatlarini qoplash hamda safarbarlik chaqiruvi rezervi badali uchun subsidiya olish bo‘yicha murojaatlar qabul qilindi. Bildirilgan murojaatlar tegishli tashkilotlarga ijro uchun yo‘naltirilib, nazoratga olindi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Tavsiya etamiz
Tavsiya etamiz



Xalq deputatlari tuman Kengashining o‘ninchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi

Mahallada sayyor qabul o‘tkazildi

O‘zbekiston tumani hokimining sayyor qabuli o‘tkaziladi

Farg'ona viloyati ikkinchi liga 8-turidan so‘ng musobaqa jadvali ko‘rinishi