Rishton tumani hokimi g‘o‘za parvarishi jarayonlari bilan tanishdi

Rishton tumani hokimi Bahodirjon Xoliqov tumandagi bir qator fermer xo‘jaliklari dala maydonlarida bo‘lib, g‘o‘za parvarishi ishlari bilan yaqindan tanishdi. Tashrif davomida hokim agrotexnik tadbirlar – sug‘orish, o‘g‘itlash va zararkunandalarga qarshi kurashish ishlari o‘z vaqtida va sifatli bajarilishi zarurligini ta’kidladi. Shuningdek, u fermerlar bilan ochiq muloqot o‘tkazib, ularning fikr-mulohazalari, muammolari va takliflarini tingladi. Bahodirjon Xoliqov g‘alladan bo‘shagan maydonlardan samarali foydalanish, qayta ishlashni kengaytirish va agrosanoat sohasida yuqori samaradorlikka erishish bo‘yicha aniq topshiriqlar berdi. Mazkur tashrif fermerlar uchun nafaqat amaliy yordam, balki ma’naviy qo‘llab-quvvatlash bo‘lib xizmat qilishi, hosildorlikni oshirishga xizmat qilishi kutilmoqda.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Tavsiya etamiz
Tavsiya etamiz



Xalq deputatlari tuman Kengashining o‘ninchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi

Mahallada sayyor qabul o‘tkazildi

O‘zbekiston tumani hokimining sayyor qabuli o‘tkaziladi

Farg'ona viloyati ikkinchi liga 8-turidan so‘ng musobaqa jadvali ko‘rinishi