Турсunxo‘ja Abdurahmonov BMT Bosh qarorgohida bo‘ldi

Farg‘ona viloyatidagi “Nuroniy” jamg‘armasi Rishton tuman bo‘limi rahbari Tursunxo‘ja Abdurahmonov AQShga safari davomida Nyu-York shahrida joylashgan Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT) bosh qarorgohida bo‘ldi. Tashrif davomida u xalqaro tashkilot faoliyati, uning tinchlikni ta’minlash, inson huquqlarini himoya qilish, millatlararo hamjihatlikni mustahkamlash yo‘nalishlaridagi dasturlari bilan yaqindan tanishdi. Shuningdek, BMTning turli sohalardagi ekspertlari va vakillari bilan suhbat olib bordi hamda o‘zbek nuroniylarining jamiyatdagi o‘rni ва faoliyati haqida batafsil ma’lumot berdi. Mazkur tashrif xalqaro doiradagi hamkorlikni mustahkamlash bilan birga, yurtimizda keksalar mavqeini oshirish, ularning faol hayot tarzini qo‘llab-quvvatlash yo‘lida muhim qadamlardan biri bo‘ldi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Tavsiya etamiz
Tavsiya etamiz



Xalq deputatlari tuman Kengashining o‘ninchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi

Mahallada sayyor qabul o‘tkazildi

O‘zbekiston tumani hokimining sayyor qabuli o‘tkaziladi

Farg'ona viloyati ikkinchi liga 8-turidan so‘ng musobaqa jadvali ko‘rinishi