Mahallalarda yoshlar bilan ishlash bo‘yicha Quvasoy shahar komissiyasi yig‘ilishi o‘tkazildi





✅Xabaringiz bor, joriy yilning 14-fevral kuni davlatimiz rahbari ishtirokida yoshlar bilan o‘tkazilgan ochiq muloqotda bir qator muhim tashabbuslar ilgari surilgan edi. Ushbu tashabbuslarning huquqiy asosini mustahkamlash maqsadida 26-mart kuni PF-61-sonli Prezident farmoni qabul qilinib, tashkilotlar va rahbarlar zimmasiga aniq vazifalar yuklatildi. 🔊Shuningdek, 60-, 61- va 62-son Prezident qarorlari imzolanib, yoshlarning bandligini ta’minlash, tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlashga doir keng ko‘lamli imkoniyatlar yaratildi. 🔵Mazkur yo‘nalishlar ijrosi va kelgusidagi rejalarni muhokama qilish maqsadida mahallalarda yoshlar bilan ishlashni muvofiqlashtirish bo‘yicha Quvasoy shahar komissiyasi yig‘ilishi o‘tkazildi. Unda huquq tartibot idoralari hamda tegishli tashkilot rahbarlari ishtirok etdi. 🗣Yig‘ilishda alohida ishlash talab etiladigan yoshlar, jumladan, ishsiz yoshlarni rahbarlarga biriktirish, “Shijoat va g‘ayrat” harbiy-sport musobaqalari hamda yoshlar tadbirkorligini rivojlantirishga doir masalalar atroflicha muhokama qilindi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Tavsiya etamiz
Tavsiya etamiz



Tuman Kengashining navbatdagi sessiyasi bo'lib o'tdi

Sarikanda mahallasida "Shijoat va g'ayrat" harbiy-sport musobaqasi bo'lib o'tdi
