Maxsus imkoniyatlar

Ekran o‘lchami:

50 %

Shrift o‘lchami:

50 %
Saytni baholash
3
3
222025-04-21 17:15

Bugun So'x tumanida ham "O'zbekiston – kitobxonlar yurti" shiori ostida "Kitobxonlik haftaligi" boshlandi

Bugun So'x tumani axborot-kutubxona markazida V Respublika “Kitobxonlik haftaligi”ni samarali tashkil etish va unga barchani jalb etishga doir tadbir tashkil etildi. "O'zbekiston – kitobxonlar yurti" shiori ostida o'tkaziladigan mazkur haftalik ma'naviy-ma'rifiy muhitni yanada boyitish, kitob o'qish madaniyatini keng omma orasida targ'ib qilishga qaratilganligi qayd etildi. Haftalik doirasida turli madaniy-ma'rifiy tadbirlar — yozuvchi va shoirlar bilan adabiy uchrashuvlar, davra suhbatlari, mahorat darslari, kitob taqdimotlari, kitob yarmarkalari, ko'rgazmalar hamda kitobxonlikni targ'ib etuvchi aktsiyalar o'tkazilishi rejalashtirilgan. Bugun tumanimizning 3, 22, 28-sonli umumiy o'rta ta'lim maktablarida “Kitobxonlik haftaligi” doirasida “O'ekiston kitobxonlar yurti”, “Biz har kuni kitob o'qiymiz” shiori ostidagi tadbirlar tashkil etildi. So'x tumani hokimligi Axborot xizmati

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Tavsiya etamiz