Tadbirkorlar ishtirokida “Sayyor qabul” o‘tkazildi



O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti boshchiligida o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida berilgan topshiriqlar ijrosini ta’minlash yuzasidan Qo‘shtepa tuman hokimligi binosida tumanda faoliyat yuritayotgan tadbirkorlar, tadbirkorlik bilan shug‘ullanish istagida bo‘lgan fuqarolarning muammo va takliflarini o‘rganish, ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash maqsadida “Sayyor qabul” o‘tkazildi. Tuman hokimi A.Abdullayev boshchiligida o‘tkazilgan qabulda tuman prokurori A.Xudoyberganov, tuman hokimining tegishli o‘rinbosarlari hamda mas’ul idoralarning rahbarlari qatnashdi. Ochiq muloqotda 20 nafar tadbirkorlarning murojatlari ko‘rib chiqildi. Qo‘shimcha o‘rganish va xulosalar talab etiladigan murojaatlar yuzasidan ta’luqli rahbarlarga ko‘rsatmalar berilib, natijasi bo‘yicha axborot berish masalasi belgilandi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Tavsiya etamiz
Tavsiya etamiz

IJODGА SАDOQАT — HАYoTGА SАDOQАT

Yoshlar, kasb va kelajak: Rishton tumanida “Hokim va yoshlar” uchrashuvi

"Insonparvarlik namunasi": Yolgʻiz keksalarga e'tibor va gʻamxoʻrlik

Rishton tumanida “Loyihalar yarmarkasi” oʼtkazildi

Xalq deputatlari Rishton tumani Kengashining navbatdagi sessiyasi boʼlib oʼtdi

RIShTON TUMАNIDА DXX KUBOGI UChUN MUSOBАQАLАRGА TАNTАNАLI TАRZDА STАRT BERILDI.