Maxsus imkoniyatlar

Ekran o‘lchami:

50 %

Shrift o‘lchami:

50 %
Saytni baholash
1
3
2052025-04-07 15:33

RIShTON TUMАNIDА DXX KUBOGI UChUN MUSOBАQАLАRGА TАNTАNАLI TАRZDА STАRT BERILDI.

Rishton tumanida “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida futbol va mini-futbol sport turlari boʼyicha DXX kubogi musobaqalariga tantanali ravishda start berildi. Tadbir qurʼa tashlash marosimi bilan boshlandi. Unda yosh sportchilar, mahalla yoshlar yetakchilari hamda jamoalar sardorlari faol qatnashdilar. Marosim davomida musobaqaning tartib-qoidalari ishtirokchilarga yana bir bor tushuntirildi va jamoalar oʼrtasida qurʼa tashlandi. Qurʼa natijasida jamoalarning raqiblari aniqlanib, musobaqalarga rasman start berildi. Ushbu sport tadbiri yoshlar oʼrtasida sogʼlom turmush tarzini targʼib qilish, jamoaviylik va oʼzaro hamkorlikni mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etadi. Ochilish marosimida tuman hokimi oʼrinbosari Zarifjon Umarov soʼzga chiqib kubok bahslari ishtirokchi jamoalariga omadlar tiladi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Tavsiya etamiz