«Iqtidor maktab ansambli» tanlovining tuman bosqichi o‘tkazildi









Farg‘ona tumanidagi 26-sonli bolalar musiqa va san‘at maktabida «Iqtidor maktab ansambli» respublika tanlovining tuman bosqichi tantanali tarzda tashkil etildi. Tadbir iqtidorli o‘quvchilarni aniqlash, ularning san‘atga bo‘lgan qiziqishini qo‘llab-quvvatlash va milliy an‘analarni targ‘ib etish maqsadida o‘tkazildi. Tanlovda 6–10-sinf o‘quvchilaridan tuzilgan jamoalar ishtirok etib, dutor, rubob va doira kabi milliy cholg‘ularda o‘zbek xalq kuylarini mahorat bilan ijro etdilar. Natijalarga ko‘ra, 1-o‘rinni 10-maktabning «Shodiyona» ansambli, 2-o‘rinni 6-maktabning «Yosh nihollar» ansambli, 3-o‘rinni esa 8-maktabning «Nihol» ansambli egalladi. Viloyat bosqichiga yo‘l olgan «Shodiyona» jamoasiga muvaffaqiyat tilaymiz.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Tavsiya etamiz
Tavsiya etamiz



Matonatli yoshlar “Besh tashabbus paralimpiadasi”da bellashdi

O‘zbekiston kitobxonlar yurtidir
