Maxsus imkoniyatlar

Ekran o‘lchami:

50 %

Shrift o‘lchami:

50 %
Saytni baholash
73
3
1632025-04-08 11:43

O‘zbekiston tumanida tayyorlanayotgan quruq meva va tekstil mahsulotlarini Belarus bozoriga eksportga yo‘naltirish bo‘yicha hamkorlik yo‘nalishlari ko‘rib chiqildi

O‘zbekiston tumani hokimining investisiya masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Jaxongir Akramov amaliy tashrif bilan tumanda bo‘lgan Belarus Respublikasining “Kastling” mas’uliyati cheklangan jamiyati rahbari Yelena Usxopchik bilan uchrashdi. Tashrif davomida belorusiyalik tadbirkor tumanda tayyorlanayotgan quruq meva-sabzavot va tekstil mahsulotlari, eksport bilan shug‘ullanuvchi korxonalar faoliyati bilan yaqindan tanishtirildi. Ikki tomonning investisiyaviy salohiyati haqida taqdimotlar o‘tkazilib, tumanda ishlab chiqariladigan ayni mahsulotlarni Belarus bozoriga eksportga yo‘naltirish, halqaro hamkorlik aloqalarini kengaytirish, mahalliy va xorijiy tadbirkorlik sub’yektlari o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqalarni yo‘lga qo‘yish yuzasidan kelishuvlarga erishildi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Tavsiya etamiz