Tomorqadan samarali foydalanish-qo‘shimcha daromad olish va ishsizlikka barham berishning muhim omili







Bugun O‘zbekiston tumanidagi “Qirqketmon” mahallasida aholi tomorqalaridan samarali foydalanish va daromadlarni oshirishga qaratilgan ustuvor vazifalar ijrosi, bunda tuman hokimi yordamchilarining tashabbuskorligi yuzasidan navbatdagi ko‘rgazmali seminar o‘tkazildi. Unda tuman hokimi Ravshanbek Begmatov, kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi, tijorat banklari mutasaddilari va mahalladagi hokim yordamchilari ishtirok etdi. Tomorqachilikda ayni mahalla tajribasi misolida yo‘lga qo‘yilgan ishlar, mirishkor tomorqa egalarining tajribalari o‘rganildi. Qayd etilishicha, mahalla o‘ramidagi 506 ta xonadonning 496 tasida tomorqa mavjud bo‘lib, ularning jami maydoni 22,2 gektarni tashkil etadi. Shundan 45 sotix maydonda issiqxonalar tashkil etilgan. Mahalla tomorqachiligi asosan kartoshka yetishtirishga ixtisoslashgan. Xonadonlarning aksariyatida ertapishar va serhosil kartoshka navlari parvarishlanmoqda. “Bir mahalla – bir mahsulot” tamoyilining yo‘lga qo‘yilganligi xonadon egalarining yetilgan hosilni ulgurji xaridorlarga mahallaning o‘zida ortiqcha ovoragarchiliksiz sotishida ham qo‘l kelmoqda. Hududdagi ko‘plab tajribali tomorqachilar kartoshkadan so‘ng, boshqa ekin ekib, mavsum davomida uch marta hosil ko‘tarishni hadisini olgan. Tuman rahbari hokim yordamchilariga o‘z mahallalari sharoiti va ixtisosligidan kelib chiqib, ana shunday tajribalarni keng ommalashtirish, mavjud barcha imkoniyatlardan foydalanib tomorqachilikni rivojlantirish va aholi bandligini ta’minlashga xizmat qiladigan samarali loyihalarni amalga tadbiq etish yuzasidan aniq vazifalar topshirdi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Tavsiya etamiz
Tavsiya etamiz

Tuman prokuraturasining nazorat tadbirlari


Sud majlislarida masofdan turib qatnashishining huquqiy asoslari yaratildi.
