Hurmatli tadbirkorlar va o‘z faoliyatini kengaytirish istagida bo‘lgan ishbilarmonlar!!!
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 25 avgustdagi “Farg‘ona viloyatida joylashgan ishlamay turgan va kam quvvatli korxonalar faoliyatini tiklash, shuningdek davlat mulki ob’ektlaridan samarali foydalanish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 672-sonli qaroriga asosan Quvasoy shahridagi sobiq “Quvasoy chinnisi” AJ hududida kichik sanoat zonasi tashkil qilinmoqda. Kichik sanoat zonasi hududidagi ishlab chiqarish maydonlari tadbirkorlik sub’ektlariga, davlat ko‘chmas mulkidan foydalanganlik uchun eng kam ijara to‘lovi stavkasi bo‘yicha, ijaraga olingan maydonda amalga oshiriladigan faoliyat turidan kelib chiqqan holda, tegishli koeffitsientlarni qo‘llamasdan uzoq muddatli ijaraga beriladi. Sanoat zonalarida joylashtirilgan tadbirkorlik sub’ektlarini, ularning ishlab chiqarish ehtiyojlariga muvofiq, elektr energiyasi va tabiiy gaz bilan ta’minlanadi. Eng asosiysi, kichik sanoat zonalarida joylashadigan korxonalar investitsiya shartlarini bajargan holatda kichik sanoat zonalari hududida joylashtirish to‘g‘risidagi qaror qabul qilingan sanadan boshlab yuridik shaxslarning mol-mulk solig‘i va foyda solig‘i to‘lashdan, shuningdek, yagona soliq to‘lovi (soliqqa tortishning soddalashtirilgan tizimi qo‘llanayotgan sub’ektlar uchun) to‘lashdan ikki yil muddatga ozod qilinadi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Tavsiya etamiz
Tavsiya etamiz
Madaniyat vazirligi huzuridagi Iqtidorli yoshlarni-qo’llab quvvatlash markazi “Yulduz bilan sayohat” loyihasini taqdim etadi. (https://t.me/madaniyatv...
Xalq deputatlari O‘zbekiston tumani Kengashining navbatdagi sessiyasi 20 fevralga belgilandi
Farg‘ona viloyati soliq boshqarmasi ishga taklif etadi!
Ertaga, 5 fevral kuni "Yaypan" GRS iste’molchilari gaz ta’minotida vaqtinchalik uzilish bo‘ladi!
O‘zbekiston tumanida navbatdagi "Loyihalar yarmarkasi o'tkaziladi!
“Tashabbusli byudjet”ning 1-mavsumi 1 fevraldan boshlanadi