Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
Rasmiy munosabat
2024-03-02 15:08:59 672
Ijtimoiy tarmoqlarda O‘zbekiston tumani Kichik Tagob mahallasi Ibrat ko‘chasida yashovchi Gulnoraxon Azizovaning murojaati e’lon qilindi.
Fuqaro o‘z murojaatida talaba qizining oliy ta’lim muassasasidagi o‘qishi uchun kontrakt to‘lovini to‘lab berilishida sansalorlik qilinayotganligi hamda o‘ziga nisbatan ijtimoiy ko‘mak ko‘rsatilish holatidan noroziligini bayon etadi.
Mazkur murojaat yuzasidan quyidagilar ma’lum qilinadi.
Fuqaro Gulnoraxon Azizova yuqorida qayd etilgan manzilda bir nafar voyaga yetmagan qiz farzandi bilan birga yashaydi.
O‘tgan davr mobaynida G.Azizovani ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash maqsadida quyidagi manzilli yordamlar ko‘rsatilgan.
Xususan, 2022 yilda “Ayollar daftari”ning 3-bosqichi ro‘yxatiga kiritilib, 3-toifa “Boquvchisi bo‘lmagan ehtiyojmand xotin-qizlar” doirasida unga “Ayollar daftari” jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan 1 mln 200 ming so‘m miqdorida bir martalik moddiy yordam berilgan.
G.Azizovaning farzandi O.Azizova 2023 yilda “Yoshlar daftari” ro‘yxatiga kiritilib, haydovchilik guvohnomasi olishi uchun 1 mln 200 ming so‘m miqdorida mablag‘ ajratilgan.
O‘tgan 2023 yilda G.Azizovaning murojaatiga asosan farzandi O.Azizovani oliy o‘quv yurtidagi to‘lov-kontraktini qoplashda amaliy yordam ko‘rsatish maqsadida “Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasidan 2 mln so‘m mablag‘ ajratilgan.
Shuningdek, ayni 2023 yilda G.Azizovaning o‘z singlisiga tikuv mashinasi va elektropech ajratilishida yordam so‘rab bildirgan murojaatiga asosan shu yili singlisi S.Azizovaga subsidiya asosida zamonaviy tikuv mashinasi (Baoyu GT-180 rusumidagi) va elektropech bepul taqdim etilgan.
Bugungi kunda fuqaro G.Azizova joriy yilgi “Ayollar daftari” tizimining 5-bosqichi 3-toifasi bo‘lgan “Boquvchisi bo‘lmagan ehtiyojmand xotin-qizlar” toifasiga ham kiritilgan. Tizim doirasida unga belgilangan manzilli yordam ko‘rsatish ko‘zda tutilgan.
Shuningdek, joriy yilda ham qizining oliy ta’lim muassasasidagi o‘qishi uchun kontrakt to‘lovini belgilangan miqdorini to‘lab berilishini so‘rab qilayotgan murojaatiga asosan mutasaddilar tomonidan huquqiy tushuntirishlar berilib, farzandini “Yoshlar daftari” ro‘yxatiga kiritish hamda amaldagi tartibda murojaatini hal etish choralari belgilangan.