Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
NIZOM
2017-09-28 18:25:16 970
Viloyat markazlari bo’lgan shaharlar va viloyatga bo’ysunuvchi
shaharlar hokimliklari boshqaruv apparatlari to’g’risida
NAMUNAVIY NIZOM
I. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Namunaviy nizom “Mahalliy davlat hokimiyati to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasi Qonuniga, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Mahalliy ijroiya hokimiyati organlari faoliyatini yanada takomillashtirish to’g’risida” 2016 yil 22 dekabrdagi PQ-2691-son qaroriga muvofiq viloyat markazlari bo’lgan shaharlar va viloyatga bo’ysunuvchi shaharlar hokimliklariboshqaruv apparatlarining (keyingi o’rinlarda boshqaruv apparati deb ataladi) vazifalari, funktsiyalari, huquqlari, mas’uliyati hamda ularning faoliyatini tashkil etish tartibini belgilaydi.
2. Boshqaruv apparati o’z faoliyatida O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, “Mahalliy davlat hokimiyati to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasi Qonuniga va O’zbekiston Respublikasining boshqa qonunlariga, O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari
va farmoyishlariga, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, boshqa qonun hujjatlariga, xalq deputatlari Kengashi va hokimning hujjatlariga, shuningdek ushbu Nizomga amal qiladi.
3. Boshqaruv apparati hokimlik faoliyatini axborot-tahliliy, huquqiy, tashkiliy-texnik va moliyaviy-xo’jalik jihatidan ta’minlaydi, xalq deputatlari Kengashi majlislari uning reglamentiga muvofiq tayyorlanishini ta’minlaydi, xalq deputatlari Kengashi va hokimning hujjatlari loyihalarini tayyorlaydi, ularni amalga oshirish yuzasidan amaliy
chora-tadbirlarni ishlab chiqadi va ijroni muntazam ravishda tekshiradi.
Boshqaruv apparati xalq deputatlari shahar Kengashi faoliyatiga tashkiliy, texnik va boshqa xizmatlar ko’rsatilishini ta’minlaydi.
4. Boshqaruv apparati o’z faoliyatini hokimning rahbarligida amalga oshiradi.
5. Boshqaruv apparati o’ziga yuklangan vazifalar va funktsiyalarni bajarishda Qoraqalpog’iston Respublikasi Jo’qorg’i Kengesi va Vazirlar Kengashi hamda tegishli viloyat hokimligi apparatlari, shuningdek davlatning boshqa organlari va boshqa tashkilotlar bilan o’zaro hamkorlik qiladi.
II. Boshqaruv apparatining vazifalari va funktsiyalari
6. Quyidagilar boshqaruv apparatining vazifalari hisoblanadi:
hokimning O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida, O’zbekiston Respublikasining “Mahalliy davlat hokimiyati to’g’risida”gi Qonunida, O’zbekiston Respublikasining boshqa qonunlarida, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlarida, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlarida, Qoraqalpog’iston Respublikasi Jo’qorg’i Kengesi va tegishli xalq deputatlari viloyat Kengashining qarorlarida belgilangan vakolatlari amalga oshirilishini davlat organlari va boshqa tashkilotlar bilan birgalikda ta’minlash;
aholini tadbirkor qilish maqsadida ular bilan tijorat banklari o’rtasida muloqot o’rnatish uchun har bir xonadonga kompleks bank va moliyaviy xizmatlarni taklif qilish orqali imtiyozli kreditlash dasturlarini ishlab chiqish va so’zsiz amalga oshirish;
shaharni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish tendentsiyalarini kompleks tahlil qilish, asosiy iqtisodiy ko’rsatkichlar dinamikasini, tarkibiy va institutsional o’zgartirishlarni, shahar byudjeti ijrosining tizimli monitoringini olib borish;
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan belgilanadigan muhim ustuvor vazifalarga muvofiq shaharni kompleks rivojlantirish bo’yicha takliflarni ishlab chiqish;
shaharda iqtisodiyotda, eng avvalo, sanoatda tarkibiy o’zgartirishlar amalga oshirilishini ta’minlash;
tadbirkorlikni jadal rivojlantirishni ta’minlash, xususiy mulk manfaatlarini himoya qilish hamda tadbirkorlik sub’ektlarining qonuniy huquqlarini va kafolatlarini ta’minlash yuzasidan hududiy boshqaruv organlari mas’uliyatini oshirish bo’yicha tizimli ishlarni tashkil etish;
shaharni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlari, hududiy investitsiya dasturlari, ishlab chiqarishlarni modernizatsiyalash, texnik yangilash va texnologik jihatdan qayta jihozlash dasturlari, mahalliylashtirish dasturi, muhandislik-kommunikatsiya va yo’l-transport infratuzilmasini rivojlantirish va modernizatsiyalash dasturlari, shuningdek boshqa hududiy dasturlar amalga oshirilishining monitoringini olib borishning samarali tizimini yaratish;
shahar iqtisodiyotining raqobatbardoshligini tubdan oshirish, eksport qiluvchi korxonalarni qo’llab-quvvatlashni kuchaytirish, fermer xo’jaliklari, xususiy tadbirkorlik sub’ektlarining eksportdagi ishtirokini har tomonlama rag’batlantirish bo’yicha amaliy chora-tadbirlarni ishlab chiqish
va ularni amalga oshirishni tashkil etish;
kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishni qo’llab-quvatlash, ularning huquqlarini himoya qilish va erkinliklarining kafolatlarini ta’minlash, qulay ishbilarmonlik muhitini shakllantirish;
inson manfaatlarini ta’minlash, ayniqsa aholining qishloq joylarda hayot darajasini va sifatini oshirish, yanada farovon hayot kechirishi uchun pensiya va nafaqalar, real daromadlarini barqaror oshirish manbaalarini yaratish, aholi bandligini ta’minlash bo’yicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish, hududiy boshqaruv organlarining, boshqa tashkilotlarning yangi ish o’rinlari yaratish, ijtimoiy sohani rivojlantirishga doir ishlarini muvofiqlashtirish;
yoshlarni, xususan, ta’lim bilan qamrab olingan yoshlar, uyushmagan yoshlar, yosh mutaxassislar, tadbirkor yoshlar, yosh oilalarni har tomonlama
qo’llab-quvvatlash, bo’sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish yuzasidan chora-tadbirlarni amalga oshirish;
aholiga ijtimoiy xizmat ko’rsatish darajasi va sifatini oshirish, malakali tibbiy yordam olish, madaniy meroslardan baxramand bo’lish, jismoniy tarbiya va sport bilan shug’ullanish, dam olishini tashkil etish uchun qulay shart-sharoitlarni yaratish hamda sifat jihatdan yangi darajaga ko’tarish bo’yicha tizimli ishlarni amalga oshirish;
aholining ijtimoiy ehtiyoj va talablarini o’rganish asosida hududlarda ijtimoiy rivojlantirish dasturlarini ishlab chiqish va ijrosini monitoring qilish;
qonuniylikni, huquq-tartibotni va xavfsizlikni ta’minlash, fuqarolarning huquq va erkinliklarini himoya qilish, tabiiy ofatlar, epidemiya va boshqa ekstremal holatlar oqibatlarini bartaraf etish bilan bog’liq chora-tadbirlar amalga oshirilishini tashkil etish;
rivojlantirishning maqsadli davlat dasturlari amalga oshirilishi, O’zbekiston Respublikasi qonunlari, O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari, Qoraqalpog’iston Respublikasi Jo’qorgi Kengesi va Vazirlar Kengashi hamda tegishli xalq deputatlari Kengashi va hokimning qarorlari bajarilishini tashkil etish;
xalq deputatlari shahar Kengashi va hokimning hujjatlari loyihalarini har tomonlama iqtisodiy, moliyaviy va huquqiy jihatdan ishlab chiqish, shu jumladan ularning ayrim tarmoqlarga va umuman shaharni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga qisqa muddatli va uzoq muddatli ta’sirini kompleks baholash.
7. Boshqaruv apparati o’ziga yuklangan vazifalarni bajarish uchun quyidagi funktsiyalarni amalga oshiradi:
O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, "Mahalliy davlat hokimiyati to’g’risida"gi O’zbekiston Respublikasi Qonuni, boshqa qonunlar, O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va topshiriqlari, Qoraqalpog’iston Respublikasi Jo’qorg’i Kengesi hamda tegishli xalq deputatlari viloyat Kengashining qarorlari va topshiriqlarida hokimlikka yuklangan vazifalarni bajarish yuzasidan aniq chora-tadbirlarni ishlab chiqadi va amalga oshiradi;
Qoraqalpog’iston Respublikasi Jo’qorg’i Kengesi va Vazirlar Kengashi hamda tegishli xalq deputatlari viloyat Kengashi, hokim va uning o’rinbosarlarining topshiriqlari va qarorlari bo’yicha tegishli tahliliy, ma’lumotnoma, statistik materiallar va takliflarni umumlashtiradi
va tayyorlaydi, shuningdek hokim tomonidan ko’rib chiqilishi talab etiladigan masalalarni har tomonlama ishlab chiqadi;
Qoraqalpog’iston Respublikasi Vazirlar Kengashiga va viloyat hokimligiga ko’rib chiqish uchun kiritiladigan normativ-huquqiy va boshqa hujjatlar, shuningdek xalq deputatlari shahar Kengashi va hokim tomonidan qabul qilinadigan qarorlar loyihalari har tomonlama iqtisodiy, moliyaviy
va huquqiy jihatdan ishlab chiqilishini ta’minlaydi;
davlat organlari va boshqa tashkilotlar tomonidan O’zbekiston Respublikasi qonunlari, O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari, Qoraqalpog’iston Respublikasi Jo’qorg’i Kengesi
va Vazirlar Kengashining hamda tegishli xalq deputatlari viloyat Kengashining qarorlari bajarilishi yuzasidan tizimli nazoratni tashkil etadi, ularning bajarilishini ta’minlash bo’yicha tashkiliy chora-tadbirlarni va nazorat rejalarini ishlab chiqadi;
muammoli masalalarni hal qilish hamda shaharni, shuningdek iqtisodiyot tarmoqlari va sohalarini rivojlantirishning istiqbolli vazifalarini amalga oshirish yuzasidan takliflar va aniq chora-tadbirlarni ishlab chiqadi hamda hokim va uning o’rinbosarlariga taqdim etadi;
iqtisodiyot va ijtimoiy sohaning muhim ustuvor vazifalari, davlat dasturlari amalga oshirilishi, O’zbekiston Respublikasi qonunlari, O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari, farmoyishlari va topshiriqlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari, Qoraqalpog’iston Respublikasi Jo’qorg’i Kengesi va Vazirlar Kengashining, xalq deputatlari viloyat Kengashi va hokimlikning qarorlari bajarilishi bo’yicha tegishli tizimlangan ma’lumotlar bazasini shakllantiradi va yuritadi;
xalq deputatlari shahar Kengashi sessiyalari, hokim va uning o’rinbosarlari ishtirokida o’tkaziladigan yig’ilishlar va boshqa tadbirlar o’tkazilishini ta’minlaydi, qabul qilingan qarorlar amalga oshirilishini nazorat qiladi;
xalq deputatlari shahar Kengashi va hokimlikning komissiyalari hamda boshqa ishchi organlari ishlarini tashkil etadi, ular tomonidan qabul qilingan qarorlarning bajarilishini muvofiqlashtiradi va nazorat qiladi;
hokimlikning ish rejasini ishlab chiqadi va amalga oshiradi, Qoraqalpog’iston Respublikasi Jo’qorg’i Kengesi va Vazirlar Kengashi hamda viloyat hokimligi apparatlari bilan o’zaro hamkorlik qiladi;
doimiy ravishda mahallalarda bo’lib aholini talabi va fikrini o’rganib boradi;
jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini “Jismoniy
va yuridik shaxslarning murojaatlari to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasi Qonuni talablariga muvofiq ko’rib chiqadi;
maxfiylik rejimini, davlat siri bo’lgan ma’lumotlar hamda qonun bilan muhofaza qilinadigan boshqa sirlarning himoya qilinishini ta’minlaydi;
xalq deputatlari shahar Kengashi va hokimlikning faoliyati to’g’risida belgilangan tartibda jamoatchilikni xabardor qilishni tashkil etadi.
Boshqaruv apparati qonun hujjatlariga muvofiq boshqa funktsiyalarni ham bajaradi.
III. Boshqaruv apparatining huquqlari va javobgarligi
8. Boshqaruv apparati o’ziga yuklangan vazifalar va funktsiyalarni bajarish uchun quyidagi huquqlarga ega:
hokimlikda ko’rib chiqiladigan masalalarni tahlil qilish va ishlab chiqish uchun zarur bo’lgan materiallar va ma’lumotlarni davlat va xo’jalik boshqaruvi organlarining hududiy bo’linmalaridan, boshqa tashkilotlardan belgilangan tartibda so’rash va olish;
zarurat bo’lganda, hokimlikda ko’rib chiqiladigan masalalarni ishlab chiqish, axborot va tahliliy materiallarni, shuningdek xalq deputatlari Kengashi va hokimning hujjatlari va qarorlari loyihalarini tayyorlash uchun davlat va xo’jalik boshqaruvi organlarining hududiy bo’linmalarining, boshqa tashkilotlarning rahbarlari va xodimlarini belgilangan tartibda taklif etish, ushbu maqsadlar uchun vaqtinchalik ekspert guruhlari tashkil etish;
davlat va xo’jalik boshqaruvi organlarining hududiy bo’linmalaridan, boshqa tashkilotlardan ular tomonidan kiritilgan xalq deputatlari shahar Kengashi va hokimning hujjatlari va qarorlari loyihalarini puxta qayta ishlashni belgilangan tartibda talab qilish;
davlat va xo’jalik boshqaruvi organlarining hududiy bo’linmalari, boshqa tashkilotlar rahbarlari va xodimlari ishtirokida hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish masalalari ko’rib chiqilishini va muhokama qilinishini tashkil etish;
davlat va xo’jalik boshqaruvi organlarining hududiy bo’linmalari, boshqa tashkilotlar rahbarlariga tezkorlik bilan hal etishni talab qiladigan hamda boshqaruv apparatiga yuklangan vazifalar va funktsiyalarni bajarish bilan bog’liq bo’lgan masalalar bo’yicha belgilangan tartibda topshiriqlar berish;
normativ-huquqiy hujjatlarni va boshqa hujjatlarni, shuningdek hokim va uning o’rinbosarlarining topshiriqlarini bajarish bo’yicha davlat va xo’jalik boshqaruvi organlari hududiy bo’linmalarining, boshqa tashkilotlarning ishlarini belgilangan tartibda o’rganish va tekshirish.
9. Boshqaruv apparati:
o’ziga yuklangan vazifalar va funktsiyalarning sifatli va o’z vaqtida bajarilishi;
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari
va topshiriqlariga, O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari
va O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining hujjatlariga, shuningdek O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Devoni va O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari apparatlari, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparati, Qoraqalpog’iston Respublikasi Jo’qorg’i Kengesi va Vazirlar Kengashi, tegishli xalq deputatlari Kengashi
va viloyat hokimligi topshiriqlariga muvofiq takliflar va hujjatlar loyihalarining har tomonlama va o’z vaqtida tayyorlanishi;
ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish tendentsiyalarining, iqtisodiyot tarmoqlari va sohalarida iqtisodiy islohotlar amalga oshirilishining tizimli monitoringi olib borilishi, hokimning ko’rib chiqishi va qaror qabul qilishini talab etuvchi muammoli masalalar sabablarining o’z vaqtida aniqlanishi va takliflar tayyorlanishi;
davlat organlari va boshqa tashkilotlar tomonidan shahar hokimligiga kiritiladigan takliflar va hujjatlarni sifatli va o’z vaqtida ishlab chiqishning tashkil etilishi, ularning iqtisodiy, moliyaviy va huquqiy ekspertizadan o’tkazilishi, shuningdek asoslangan xulosalar tayyorlanishi;
Qoraqalpog’iston Respublikasi Jo’qorg’i Kengesi va Vazirlar Kengashiga, xalq deputatlari Kengashiga va viloyat hokimligiga ko’rib chiqish uchun kiritiladigan hujjatlar va takliflar loyihalarini ishlab chiqish
va ekspertizadan o’tkazishning sifati, shuningdek kiritilgan loyihalar hamda qabul qilingan qarorlar amalga oshirilishining ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlari;
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari to’g’risida” 1999 yil 12 yanvardagi 12-son qaroriga muvofiq ijro intizomi ta’minlanishi;
O’zbekiston Respublikasi qonunlari, O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari qarorlari, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari, farmoyishlari va topshiriqlari, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari, Qoraqalpog’iston Respublikasi Jo’qorg’i Kengesi va Vazirlar Kengashining, tegishli xalq deputatlari Kengashi va viloyat hokimligining qarorlari, shuningdek hokimlik rahbariyati topshiriqlarining davlat organlari va boshqa tashkilotlar tomonidan bajarilishi holatining o’z vaqtida o’rganilishi uchun javob beradi.
IV. Boshqaruv apparatining tuzilmasi
10. Boshqaruv apparatining tuzilmasi hokimning yordamchisi, ayrim shaharlarda hokimning chegara masalalari bo’yicha yordamchisi, tashkiliy-nazorat guruhi, safarbarlik ishlari va favqulodda vaziyatlar bo’yicha mutaxassis, sohalar bo’yicha bosh va etakchi mutaxassislar, voyaga etmaganlar ishlari bo’yicha komissiyaning mas’ul kotibi, bosh yuristkonsult, buxgalteriya va devonxonadan iborat bo’ladi.
Boshqaruv apparatining tuzilmasi va xodimlarining cheklangan soni O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Mahalliy ijroiya hokimiyati organlari faoliyatini yanada takomillashtirish to’g’risida” 2016 yil
22 dekabrdagi PQ-2691-son qarori talablariga muvofiq belgilanadi.
11. Boshqaruv apparatining ishlari hokim tomonidan tasdiqlanadigan Boshqaruv apparati to’g’risidagi Nizomga va xodimlarning funktsional vazifalariga, ushbu Nizomga, Ish yuritish bo’yicha yo’riqnomaga, shuningdek tashkiliy-nazorat guruhi to’g’risidagi nizomlarga muvofiq tashkil etiladi.
12. Hokimning yordamchisi, chegara tumanlarda hokimning chegara masalalari bo’yicha yordamchisi, tashkiliy-nazorat guruhi, safarbarlik ishlari va favqulodda vaziyatlar bo’yicha mutaxassis, voyaga etmaganlar ishlari bo’yicha komissiyaning mas’ul kotibi, bosh yuristkonsult, buxgalteriya va devonxona o’z faoliyatida hokimga bo’ysunadi.
Sohalar bo’yicha mutaxassislar o’z faoliyatida hokimga va o’zlari mas’ul bo’lgan sohaga ko’ra hokimning tegishli o’rinbosarlariga bo’ysunadi.
13. Tashkiliy-nazorat guruhi rahbari qonun hujjatlarida belgilangan tartibda hokimning qarori bilan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi.
Hokimning yordamchisi, chegara masalalari bo’yicha yordamchisi va boshqaruv apparatining boshqa xodimlari hokimning farmoyishi bilan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi.
14. Tashkiliy-nazorat guruhi, buxgalteriya va devonxona to’g’risidagi nizomlar, shuningdek ular xodimlarining, hokim yordamchisining, chegara masalalari bo’yicha yordamchisining, safarbarlik tayyorgarligi va favqulodda vaziyatlar bo’yicha mutaxassis, voyaga etmaganlar ishlari bo’yicha komissiyaning mas’ul kotibi, tegishli sohalar bo’yicha bosh va etakchi mutaxassislar
va yuristkonsultning funktsional vazifalari hokim tomonidan tasdiqlanadi.
V. Boshqaruv apparati faoliyatini tashkil etish
15. Boshqaruv apparati ishlari O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, “Mahalliy davlat hokimiyati to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasi Qonuniga, boshqa qonunlarga, O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari, farmoyishlari va topshiriqlariga, Vazirlar Mahkamasi va uning Rayosatining qarorlariga, O’zbekiston Respublikasining Bosh vaziri va uning o’rinbosarlarining topshiriqlariga, Qoraqalpog’iston Respublikasi Jo’qorg’i Kengesi va Vazirlar Kengashi, tegishli xalq deputatlari Kengashi va viloyatlar hokimliklari qarorlariga, hokimning va uning o’rinbosarlarining topshiriqlariga muvofiq, shuningdek hokimlik, tarkibiy bo’linmalar, ularning rahbarlari va mutaxassislarining ish rejalari asosida tashkil etiladi.
16. Tashkiliy-nazorat guruhi:
ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlarini amalga oshiradi hamda davlat organlari va boshqa tashkilotlar tomonidan O’zbekiston Respublikasi qonunlari, O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari, farmoyishlari va topshiriqlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari, Qoraqalpog’iston Respublikasi Jo’qorg’i Kengesi va Vazirlar Kengashi, tegishli xalq deputatlari Kengashi va viloyatlar hokimliklari, shuningdek xalq deputatlari shahar Kengashi va hokimning hujjatlari va qarorlari bajarilishini nazorat qiladi;
belgilangan tartibda Hokimlik ish rejasi loyihasini shakllantiradi, uning bajarilishi yuzasidan nazoratni tashkil etadi;
boshqaruv apparati rahbarlari va mutaxassislarini qayta tayyorlash, ularning malakasini oshirish, ularni rag’batlantirish va ularga nisbatan intizomiy jazo choralarini qo’llash to’g’risidagi takliflarni hokimning ko’rib chiqishi uchun belgilangan tartibda kiritadi;
tasdiqlangan lavozimlar nomenklaturasiga muvofiq kadrlarni tanlash, joy-joyiga qo’yish, mutaxassislarni lavozimga tayinlash va lavozimdan ozod qilish chora-tadbirlari kompleksini amalga oshiradi, ko’rib chiqilayotgan nomzodlar bo’yicha materiallarni har tomonlama o’rganishni va ishonchli materiallar tayyorlashni ta’minlaydi;
kelgusida davlat va xo’jalik boshqaruvi organlari hududiy bo’linmalari, mahalliy davlat hokimiyati organlarining rahbarlik lavozimlariga ko’tarish uchun boshqaruv kadrlari zaxirasini shakllantirish ishlarini tashkil etadi;
davlat va xo’jalik boshqaruvi organlari hududiy bo’linmalarining, mahalliy davlat hokimiyati organlarining boshqaruv kadrlari faoliyatining tizimli monitoringini olib boradi;
boshqaruv kadrlarini hisobga olish, ularning shaxsiy hujjatlar yig’majildlarini shakllantirish va yuritish ishlarini tashkil qiladi;
zaxiraga kiritilgan boshqaruv kadrlarining kasbiy bilimlarini doimiy takomillashtirish, malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash ishlarini tashkil qiladi;
hokimlarning mutasaddilik qiladigan o’rinbosarlari bilan birgalikda hokimlik apparati kadrlarini tayinlash va lavozimidan ozod qilish bo’yicha takliflar tayyorlaydi;
davlat va xo’jalik boshqaruvi organlari hududiy bo’linmalarining, mahalliy davlat hokimiyati organlarining boshqaruv kadrlari va ularning zaxirasi to’g’risidagi ma’lumotlar bazasini shakllantirishni va doimiy yangilab borishni ta’minlaydi;
tashkiliy-kadrlar masalalari bo’yicha hokimning qarorlari va boshqa huquqiy hujjatlar loyihalarini tayyorlaydi, hokim rahbarligida o’tkaziladigan yig’ilishlar, majlislar, uchrashuvlar va boshqa tadbirlarni tashkil etish chora-tadbirlarini ko’radi;
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti, Qonunchilik palatasi va xalq deputatlari mahalliy Kengashlari deputatlari saylovlarini, O’zbekiston Respublikasi referendumlarini tashkil etish va o’tkazish bo’yicha tegishli saylov komissiyalariga yordam ko’rsatadi;
xalq deputatlari Kengashining, uning komissiyalarining va boshqa ishchi organlarning faoliyatini tashkiliy-texnik jihatdan ta’minlaydi, deputatlarga ularning o’z vakolatlarini amalga oshirishida ko’maklashadi;
fuqarolarning mahalla yig’inlari raislari (oqsoqollari) saylovlarini tashkil etishda va o’tkazishda hududiy davlat organlariga ko’maklashadi;
Tashkiliy-nazorat guruhi to’g’risidagi Nizomga va hokimning qarorlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
17. Voyaga etmaganlar ishlari bo’yicha komissiya mas’ul kotibining faoliyati O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011 yil
17 yanvardagi 13-son qarori bilan tasdiqlangan Voyaga etmaganlar ishlari bo’yicha komissiyalar to’g’risidagi Nizom talablariga muvofiq tashkil etiladi.
18. Bosh yuristkonsultning faoliyati O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007 yil 24 avgustdagi 182-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat boshqaruvi organlarining va mahalliy davlat hokimiyati organlarining yuridik xizmati to’g’risidagi Nizom talablariga muvofiq tashkil etiladi.
19. Hokimning chegara masalalari bo’yicha yordamchisi:
O’zbekiston Respublikasi Davlat chegaralarini delimitatsiya, demarkatsiya va redemarkatsiya qilish, chegaralar yaqinidagi muommalarni hal etish, nolegal migratsiyaga qarshi kurashish, respublika hududiga tovarlar va kontrafakt mahsulotlarni noqonuniy olib kirish masalalariga chek qo’yish bilan bog’liq tadbirlarni belgilangan tartibda amalga oshiradi;
chegara hududlardagi aholini turmush tarzidagi mavjud muammolarni aniqlab, ularni hal etish yuzasidan hokimga taklif kiritib boradi;
hokim tomonidan yuklangan va hokim yordamchisining funktsional vazifalarida nazarda tutilgan boshqa funktsiyalarni belgilangan tartibda amalga oshiradi.
20. Hokimning yordamchisi:
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti va uning Devoni, O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, Qoraqalpog’iston Respublikasi Jo’qorg’i Kengesi va Vazirlar Kengashi, tegishli viloyat hokimligining bevosita hokimga yo’llangan yozma topshiriqlari to’g’risida o’z vaqtida axborot berilishi yuzasidan tizimli nazoratni ta’minlaydi va hokimning rezolyutsiyasiga muvofiq uning ijrosini tashkil etadi;
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti va uning Devoni, O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, shuningdek Qoraqalpog’iston Respublikasi Jo’qorg’i Kengesi
va Vazirlar Kengashi, tegishli xalq deputatlari Kengashi va viloyat hokimligining topshiriqlari bajarilishini nazorat qilish va tahlil etishni ta’minlaydi, ularning bajarilishi va natijalari to’g’risida hokimga axborot beradi;
hokimning joriy ish rejalarini shakllantirishda ishtirok etadi
va ularning ijrosini tashkil etadi;
hokimning nomiga tushgan xat-xabarlarni tahlil qiladi, puxta ekspertizadan o’tkazadi, zaruriyat bo’lganda, boshqaruv apparatining tarkibiy bo’linmalari bilan birgalikda tegishli topshiriqlarni (fishkalarni) tayyorlaydi, materiallar haqida hokimga axborot beradi va imzolangan topshiriqlarning belgilangan tartibda ijrochilarga yuborilishini tashkil etadi;
jismoniy shaxslar va yuridik shaxslar vakillarining hokim tomonidan qabul qilinishini tashkil etadi hamda jismoniy va yuridik shaxslarning og’zaki, yozma va elektron murojaatlarini ko’rib chiqish natijalari bo’yicha qabul qilingan topshiriqlar bajarilishi yuzasidan nazoratni ta’minlaydi;
hokim tomonidan yuklangan va hokim yordamchisining funktsional vazifalarida nazarda tutilgan boshqa funktsiyalarni belgilangan tartibda amalga oshiradi.
21. Boshqaruv apparati tarkibiy bo’linmasi (kotibiyat, guruh
va boshqalar) rahbari:
tarkibiy bo’linmaga bevosita rahbarlikni amalga oshiradi,
o’z mutaxassislarining ishlarini tashkil qiladi hamda bo’linmaga yuklangan vazifalar va funktsiyalarning bajarilishi yuzasidan shaxsan javob beradi;
kiritilgan takliflar va hujjatlar loyihalarini ko’rib chiqishda davlat printsiplariga qat’iy rioya qilinishini ta’minlaydi, ularning ekspert jihatidan ishlab chiqilishini tashkil qiladi va tayyorlangan hujjatlar loyihalariga viza qo’yadi. Tegishli hujjatlar qabul qilingandan keyin ularning bajarilishi yuzasidan tizimli nazoratni ta’minlaydi;
tasdiqlangan tuzilmaga va shtatlar ro’yxatiga muvofiq lavozimga tavsiya etilayotgan nomzodlar bo’yicha takliflarni puxta ishlab chiqadi va kiritadi, mutaxassislarning kasbiy darajasini va ish malakasini oshirish, ularni rag’batlantirish va ularga nisbatan jazo choralari ko’rish tadbirlarini amalga oshiradi;
mutaxassislar o’rtasida vazifalarning taqsimotini, shuningdek bo’linmaning yarim yillik uchun ish rejasini ishlab chiqadi va tasdiqlash uchun kiritadi, mutaxassislarning ish rejalarini tasdiqlaydi;
hokim yoki uning o’rinbosari o’tkazadigan yig’ilishlarda, shu jumladan har haftalik apparat yig’ilishlarida va komissiyalar majlislarida, shuningdek tarkibiy bo’linma ish sohasiga kiruvchi masalalar bo’yicha o’tkaziladigan boshqa yig’ilishlarda qatnashadi;
belgilangan tartibda ish yuritishni ta’minlaydi, chiquvchi xat-xabarlarni imzolaydi.
22. Sohalar bo’yicha bosh mutaxassis (etakchi mutaxassis, I-toifali mutaxassis):
funktsional vazifalari sohasiga kiradigan masalalar bo’yicha ishlarni tashkil etadi va o’ziga yuklangan vazifalar va funktsiyalar bajarilishi uchun shaxsan javob beradi;
o’zi mas’ul bo’lgan sohaga kiradigan masalalar bo’yicha xalq deputatlari shahar Kengashi va hokimning hokimlikka kiritilgan takliflari hamda hujjatlari va qarorlari loyihalarini ko’rib chiqishda davlat tamoyillariga qat’iy rioya qilinishini ta’minlaydi, ularning ekspert jihatidan puxta ishlab chiqilishini tashkil etadi va tayyorlangan hujjatlar loyihalariga viza qo’yadi. Tegishli hujjatlar va qarorlar qabul qilingandan keyin ularning amalga oshirilishi yuzasidan tizimli nazoratni ta’minlaydi;
tizimli monitoring tashkil etilishini va tegishli tarmoqlar hamda sohalarda iqtisodiy islohotlarning holati va natijadorligi to’g’risidagi ma’lumotlar banki shakllantirilishini, shuningdek muammoli masalalarni hal etish bo’yicha amaliy chora-tadbirlar ishlab chiqilishini va bajarilishini, shaharni rivojlantirishning istiqbolli vazifalari amalga oshirilishini ta’minlaydi;
materiallarni tayyorlashda va hokim vaG’yoki uning o’rinbosari tomonidan o’tkaziladigan majlislarda, shu jumladan har haftalik apparat yig’ilishlarida va har xil komissiyalar yig’ilishlarida qabul qilinadigan qarorlarni rasmiylashtirishda ishtirok etadi;
hokim vaG’yoki uning o’rinbosari tomonidan o’tkaziladigan majlislarda, shu jumladan har haftalik apparat yig’ilishlarida va turli komissiyalar yig’ilishlarida, shuningdek o’zi mas’ul bo’lgan sohaga kiruvchi masalalar bo’yicha o’tkaziladigan boshqa yig’ilishlarda ishtirok etadi;
funktsional vazifalarga muvofiq takliflar va hujjatlar loyihalarining sifatli ishlab chiqilishi, ishonchliligi va o’z vaqtida tayyorlanishi hamda topshiriqlar va qabul qilingan hujjatlarning bajarilishi yuzasidan nazoratning ta’minlanishi uchun shaxsan javob beradi;
davlat organlari va boshqa tashkilotlar tomonidan taqdim etilgan takliflar va hujjatlar loyihalarini har tomonlama tahlil qiladi, ular bo’yicha tahliliy materiallar va ekspert takliflarni tayyorlaydi, shuningdek ularning qonun hujjatlarida belgilangan tartibda zarur tarzda kelishilishini ta’minlaydi;
materiallar va hujjatlarning loyihalari to’g’risida hokim o’rinbosariga axborot beradi;
qabul qilingan hujjatlar bo’yicha nazorat rejasini yoki tashkiliy
chora-tadbirlarni ishlab chiqadi va tasdiqlash uchun belgilangan tartibda kiritadi, davlat organlari va boshqa tashkilotlar tomonidan iqtisodiyotning tegishli tarmoqlari va sohalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasi qonunlari, O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari, farmoyishlari va topshiriqlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari, O’zbekiston Respublikasining Bosh vaziri va uning o’rinbosarlarining topshiriqlari, Qoraqalpog’iston Respublikasi Jo’qorg’i Kengesi va Vazirlar Kengashi, tegishli xalq deputatlari Kengashi va viloyatlar hokimliklari qarorlari, xalq deputatlari shahar Kengashi va hokimning hujjatlari bajarilishini tizimli nazorat qiladi;
tegishli funktsional masalalar va hujjatlar bo’yicha tizimlashtirilgan ma’lumotlar bazasi shakllantirilishi va yuritilishini, uning muntazam ravishda yangilanishini tashkil etadi;
boshqaruv apparatida amal qiluvchi Yo’riqnomaga muvofiq ish yuritilishini ta’minlaydi;
o’ziga yuklangan vazifalarga muvofiq boshqa funktsiyalarni amalga oshiradi.
23. Boshqaruv apparatining boshqa tarkibiy bo’linmalari rahbarlari
va mutaxassislarining vazifalari va funktsiyalari tegishli tarkibiy bo’linmalar to’g’risidagi nizomlarda hamda hokim tomonidan tasdiqlanadigan funktsional vazifalarni taqsimlashda belgilanadi.
24. Boshqaruv apparatini saqlash va moddiy-texnika jihatidan ta’minlash belgilangan tartibda amalga oshiriladi.