Shrift o'lchami Rang Rasm

<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 27 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

Internet do'koni afzalliklariga bag’ishlangan seminar uchrashuvi bo'lib o'tdi

×

 2023-03-02 10:11:20    66

PDF yuklash
Chop etish


O'zbekiston tuman hokimligida Investitsiyalar, sanoat va savdo boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari A.Mirzayev hamda “Buvayda Network” MCHJ ta’sischisi Alisher Ergashev boshchiligida tumandagi tadbirkorlar va ishlab chiqaruvchilar ishtirokida seminar ucharushuvi o‘tkazildi.

Uchrashuvda hozirgi kunda test rejimida faoliyat ko‘rsatayotgan “NetWorkShop” Internet do'koni platformasining tadbirkorlar va ishlab chiqaruvchilar uchun ko‘plab qulayliklari, afzalligi va foydali jihatlari bo'yicha keng tushuntirishlar berildi.

Shuningdek, ushbu onlayn platforma orqali mahalliy hunarmand va tadbirkorlar va ular tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlar uchun qisqa muddatda dunyo bozoriga kirib borish va ishonchli xaridorlar topish imkoniyatlari mavjudligi qayd etildi.

Seminar davomida tadbirkorlar va ishlab chiqaruvchilarni qiziqtirgan savollar va masalalarga “Buvayda Network” MCHJ ta’sischisi hamda tuman hokimligi mas’ul o‘rinbosari, tegishli tashkilot hamda tijorat banklari rahbarlari tomonidan javoblar berildi.