Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
HOKIMGA MAKTUB
2020-01-14 16:21:30 208
Assalomu alaykum, hurmatli Shuhrat Madaminovich G’aniyev!
Men, Sizga biror bir masalada ariza yoki shikoyat bilan murojaat qilganim yo’q. Aksincha, Sizga minnatdorchilik bildirish maqsadida murojaat yo’llamoqdaman. Meni mutaxassisligim huquqshunos. Farg’ona shahrida ishlayman.
Hurmatli Shuhrat Madaminovich, televideniyeda Sizni Furqat tumani, Qo’qon shahri va Uchko’prik tumani yoshlari hamda faollari bilan bo’lib o’tgan uchrashuvingizni ko’rib, juda xursand bo’ldim. Ushbu uchrashuvni tomosha qilib, u yerda bo’lib o’tgan suhbatlarni eshitib, men bir narsani angladim.
Siz, Muhtaram Prezidentimiz Shavkat Miromonovich Mirziyoyev boshlab bergan islohotlarni viloyatimizdagi amaldagi ijrochisi va jonkuyar davlat xizmatchisi bo’lgan insonsiz. Biz Farg’ona yoshlari, Farg’ona viloyatini bugungi kundagi ravnaqi hamda rivojida Sizning sa'y-harakatlaringizni juda katta deb bilamiz va buni qadrlaymiz.
Sizga kelgusidagi barcha xayrli ishlaringizda omad tilab qolaman.
Shoxruh Ahmedov,
Farg’ona shahri.