Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Noyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 25 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

BOSH MAQSADIMIZ: INVESTITSIYA VA ESKPORTNI YANADA OSHIRISH

×

 2020-01-10 18:08:33    212

PDF yuklash
Chop etish


     Viloyat hokimligida joriy yilning 8 yanvar kuni O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyevning Davlat byudjeti parametrlarini ijro etish va hududlarda tadbirkorlikni rivojlantirish bo’yicha 2020 yil dagi ustuvor vazifalarga bag’ishlangan videoselektor yig’ilishida belgilab berilgan vazifalar ijrosini ta'minlash maqsadida investitsiya va eksport bo’yicha amalga oshiriladigan ishlar yuzasidan viloyat,tuman va shahar hokimlari va ularning o’rinbosarlari, boshqarma va bo’lim rahbarlari ishtirokida yig’ilish bo’lib o’tdi.

Unda  Respublika Investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Sardor Umurzoqov ishtirok etib, viloyatda qulay ishbilarmonlik va investitsiya muhitini yaratish, to’g’ridan-to’g’ri xorijiy investitsiyalarni jalb etish, yangi ishlab chiqarish quvvatlarini ishga tushirish va eksportbop mahsulotlar ishlab chiqarishni yo’lga qo’yishga doir istiqbolli rejalar xususida gapirdi.

      Yig’ilishda viloyat hokimi Shuhrat G’aniyev so’z olib, asosiy maqsadimiz viloyatimizda tadbirkorlar safini kengaytirish, yangi ish o’rinlari yaratish, xalqimiz turmush darajasini yanada yaxshilash, bizda ishlab chiqarilayotgan mahsulotning xorijiy mamlakatlarga eksport hajmini oshirishdan iborat ekanligini aytdi.

      Yig’ilish ishtirokchilariga vazirlikning mutasaddi vakillari oldilaridagi vazifani bajarish uchun amaliy ko’mak va yo’llanmalar berdilar.   

                            Farg’ona viloyati hokimligi Axborot xizmati.