Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Fevral 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
2425262728  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 123 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

O‘zbekiston tumanida aholi bandligini ta’minlash va oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirishda mahalla bankirlari yaqindan ko‘makchi bo‘lmoqda

×

 2025-02-06 18:10:06    423

PDF yuklash
Chop etish


O‘zbekiston tumanidagi mahallalarda aholi bandligini ta’minlash va daromadli qilishda yangicha tizimda yo‘lga qo‘yilgan mahalla bankirlari ham yaqindan ko‘makchi bo‘lmoqdalar.  

Tashkillangan “xonadonbay” ishlari natijasida tadbirkorlik faoliyati bilan ishlash istagidagi fuqarolarga tayyor loyihalar taklif etilib, banklarning imtiyozli kreditlari ajratilmoqda.

“Yakkatut” mahallasida istiqomat qiluvchi Ilxomjon Olimov ham bugun ana shu imkoniyatdan unumli foydalangan mirishkor tomorqachiga aylandi. U o‘z xonadonidagi jami 5 sotixli tomorqasida issiqxona tashkil etib, gidroponika usulida qulupnay yetishtirmoqda. Buning uchun tomorqa yer egasiga mahalla bankirining amaliy ko‘magida tijorat banki tomonidan ajratilgan 50 million so‘mlik imtiyozli kredit mablag‘i asqotdi. 

“3 sotixli issiqxonamizda gidroponika usulida, alohida 2 sotixli issiqxonada esa biogomus qo‘llagan holda mahsulot yetishtiryapmiz. Koreyaning “solxyan” navli qulupnay ko‘chatlarini o‘tgan yilning 15 avgustida ekkan edik, ilk hosilini noyabrning ikkinchi yarmidan olishni boshladik. Serdaromad soha ekan, uch oy to‘lmasdan 42 mln so‘mdan ziyod daromad oldik. Kundan kunga mo‘l hosil tugyapti, faoliyatimizni yanada rivojlantiramiz. Qiziqqan qo‘ni-qo‘shnilarimizga ham bu yo‘nalishning sir-asrorlarini o‘rgatishga tayyorman”, deydi Ilxomjon Olimov.

“Qo‘shqo‘noq” mahallasida yashovchi Lochinbek Mamatoxunov ham o‘z xonadonida tikuvchilikka ixtisoslashgan oilaviy tadbirkorlikni yo‘lga qo‘ygan. Xonadonda tikilib, sotuvga yo‘naltirilayotgan chaqaloqlar kiyimlari o‘z sifati bilan bozorda xaridorgir. Mazkur tadbirkorlikni rivojlantirish uchun ham oilaga “Asakabank” Qo‘qon filiali tomonidan 100 mln so‘mlik imtiyozli kredit ajratilgan. 

Bevosita xonadonning o‘zida mahalladagi 10 nafarga yaqin xotin-qizlarning bandligi ta’minlangan bo‘lsa, yana o‘ndan ziyod qo‘shni xonadonlar ham kasanachilik asosida uy sharoitida mazkur yumushga jalb etilgan.  Ularning har biriga munosib oylik maoshi to‘lab boriladi. Tadbirkor kelgusida o‘z faoliyatini yanada kengaytirib, mahsulotlarini eksportga yo‘naltirish bo‘yicha ham aniq reja-maqsadlarni oldiga qo‘ygan.