Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
Tibbiyot birlashmasining egnida milliy libosli hamshiralari mushoira o‘tkazdilar
2025-02-06 18:07:26 428
O‘zbekistonda ko‘p yillik tarixga ega, o‘ziga xos milliy liboslar shakllangan. Milliy liboslarimiz nafaqat millatimiz ko‘rki, balki ma’naviy mafkuramiz va dunyo tamaddunida tutgan o‘rnimizni ham namoyon etadi.
Ana shu milliy liboslar va qadriyatlarimizning ijobiy ahamiyatini keng jamoatchilikka yetkazish, yoshlarda milliy liboslarga mehr uyg‘otish maqsadida O‘zbekiston tumanida ham turkum ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar tashkil etilmoqda.
“Milliy liboslar” loyihasi doirasida tuman tibbiyot birlashmasiga qarashli davolash muassasalari hamshiralari ishtirokida mushoira o‘tkazildi.
Yaypandagi axborot-kutubxona markazida tashkillangan ma’naviy-ma’rifiy tadbirda tuman maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi boshlig‘i Shokirov Shoxruxbek, tibbiyot birlashmasi mutasaddilari, Ma’naviyat va ma’rifat markazi bo‘linmasi mas’ul xodimlari qatnashdilar.
Mushoirada Vatanga muhabbat, ona, mehr va sadoqatni madh etuvchi she’rlar yod olindi. Ijod va kitobxonlik yuzasidan davra suhbati, savol-javoblar bo‘lib o‘tdi.