Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
Uch avlod uchrashuvi: yoshlarga xos kuch-g‘ayrat, o‘rta va keksa avlod vakillarining boy hayot maktabi birlashishi
2025-02-05 22:09:31 56
Bugun O‘zbekiston tumani markazidagi “Nuroniylar maskani"da “Uch avlod uchrashuvi” tashkil etildi. Unda Respublika ishchi guruhi vakillari, tuman hokimining birinchi o‘rinbosari Abdulatif Imomnazarov ishtirok etdi. Tadbirga nuroniy va yoshlar, tuman faollari, yoshlar yetakchilari taklif etildi.
Uchrashuvda so‘z olganlar nuroniylarga hurmat va ehtirom ko‘rsatish, yosh avlodga ta’lim-tarbiya va mehr berish xalqimizning ezgu fazilatlaridan ekanligiga to‘xtaldilar. Ana shu ezgu qadriyatlarni davomli targ‘ib etishda esa bunday uchrashuvlar muhim ahamiyat kasb etishi ta’kidlandi.
O‘zaro suhbat va muloqotlarda yurtimizda bugun inson qadriga e’tibor har qachongidan kuchayotganligi, davlatimiz rahbari tashabbusi bilan jamiyatimizning har bir a’zosiga g‘amxo‘rlik va mehr-oqibat ko‘rsatilayotgani haqida so‘z bordi.
Turli tizim va sohalar rivojiga munosib hissa qo‘shgan keksa avlod vakillar o‘z tajribalari bilan o‘rtoqlashdi, yoshlarga zarur va samimiy maslahatlar berildi.
Bir piyola choy ustida boshlangan qizg‘in suhbat mumtoz va diltortar qo‘shiqlar, yoshlarning ijod namunalari namoyishi bilan davom etdi.