Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
Obodlik ko‘ngildan boshlanadi
2025-02-03 11:12:57 289
Obodlik, ozodalik bor joyda fayzu-baraka va ishda unum bo‘ladi. Ajoyib an’analarimizdan biri bo‘lgan hashar davomida esa xalqimizning birligi, ahilligi namoyon bo‘ladi.
O‘zbekiston tumanidagi mahalla va hududlarda ozodalik hamda ko‘rkamlikni ta’minlash maqsadidagi obodlik tadbirlari tashkillab kelinmoqda.
Ana shunday tadbirlar o‘tgan dam olish kunlarida ham joylarda mahalla faollari, yoshu-qarining bahamjihatligida o‘tkazildi.
Uyushtirilgan hasharlarda fidoiy hamyurtlarimiz o‘z xonadon, ko‘cha va mahallalarini tartibga keltirish, ziyoratgoh va qabristonlarni obod etish ishlarida faol qatnashdilar.