Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
Sektor rahbarlarining ommaviy qabulida aholini qiynayotgan masalalar o‘rganildi
2025-01-31 16:40:56 109
Bugun O‘zbekiston tumani hokimligida sektor rahbarlarining navbatdagi ommaviy qabuli bo‘lib o‘tdi.
Aholi bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqot qilish, ularni qiynab kelayotgan muammolarni aniqlash va hal etishga qaratilgan qabulda O‘zbekiston Prezidentining tumandagi Xalq qabulxonasi mutasaddilari, tuman hokimining o‘rinbosarlari, tegishli tashkilot va muassasalar rahbarlari ham qatnashdilar.
Ommaviy qabul doirasida fuqarolarning kommunal soha, bank krediti, uy-joy bilan ta’minlash va mavjudini ta’mirlash, tadbirkorlikni rivojlantirish, kadastr, mahalla infratuzilmasini yaxshilash, ishga joylashish, tibbiy xizmat, majburiy ijro harakatlari va boshqa masalalar bilan bog‘liq murojaatlari o‘rganib chiqildi.
Shu kuni 50 nafardan ziyod fuqarolarning turli masalalarda bildirilgan murojaatlar tinglanib, ularga ijobiy yechim topish bo‘yicha zarur choralar belgilandi.
Murojaatlarning ayrimlari shu yerning o‘zida ijobiy hal etilgan bo‘lsa, ba’zi murojaatlar yuzasidan huquqiy tushuntirishlar berildi.
Ijrosini o‘rganish uchun qo‘shimcha muddat talab qiladigan murojaatlar esa tegishli sohaviy xizmat mas’ullariga yo‘naltirilib, alohida nazoratga olindi.