Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
Diqqat, vakant lavozimga ishga qabul qilish uchun tanlov!
2025-01-30 18:21:15 107
O‘zbekiston tuman tibbiyot birlashmasida bola parvarish ta’tilida bo‘lgan xodimlar ish o‘rniga hamshira vazifasi uchun asosiy xodimlar bola parvarish ta’tilidan qaytgunga qadar muddatli mehnat shartnomasi asosida ishga qabul qilish bo‘yicha ochiq mustaqil tanlov o‘tkaziladi.
Tanlov 2025 yil 7 fevral kuni soat 13:00 da O‘zbekiston tuman markaziy shifoxonasi majlislar zalida bo‘lib o‘tadi.
Hamshiralik mutaxassisligiga ega bo‘lgan barcha hohlovchilar mazkur ochiq mustaqil tanlovda ishtirok etishlari mumkin.
Tanlov Mehnat kodeksi hamda Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 25 fevraldagi 66-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan Nizom talablariga muvofiq tashkillanadi.
Tanlov jarayonlari yuzasidan murojaatlar uchun telefon - 73-539-32-11, +998908529005
Tuman tibbiyot birlashmasi