Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Yanvar 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 26 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

RASMIY MUNOSABAT

×

 2025-01-27 17:34:53    264

PDF yuklash
Chop etish


Ijtimoiy tarmoqda tarqatilgan lavhada O‘zbekiston tumanidagi 3-, 4-, 60-Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalarni sog‘lom ovqatlantirish bo‘yicha yo‘lga qo‘yilgan ishlar, oziq-ovqat mahsulotlarining saqlanishi, xodimlar faoliyati, tarbiyalanuvchilarga yaratilgan sharoitlar talab darajasida emasligi, ta’lim muassasasining binolari ta’mirtalabligi tanqid ostiga oldingan.

Mazkur holat yuzasidan viloyat maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi Ishchi guruhi va tegishli tashkilot tomonidan o'rganish olib borildi.

O‘zbekiston tumanidagi 3-Davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti 1975-yil tashkil topgan. Muassasa 360 o‘ringa mo‘ljallangan, hozirgi kunda 357 nafar bolajonlar tarbiyalanmoqda. O‘rganish davomida mazkur tashkilotda namunaviy taomnoma asosida taomlar tayyorlanmaganligi xususidagi vaj o‘z tasdig‘ini topmadi. O‘simlik yog‘i 6 kilogramm ortiqcha emas, aksincha 1,7 kilogramm kam chiqqan, 12 ta idishdagi kefir ham ortiqcha emas, faktura bilan solishtirganda to‘g‘ri chiqqanligi aniqlandi.Kamchiliklarga yo‘l qo‘ygan tashkilotning xo‘jalik ishlar bo‘yicha mudiriga nisbatan “hayfsan” intizomiy jazo chorasi ko‘rildi.
Shuningdek, tumandagi 4-DMTT 1986-yil 360 o‘ringa mo‘ljallab qurilgan. Hozirda tarbiyalanuvchilar soni 360 nafar. Tashkilot 2018-yil “Obod qishloq” dasturi asosida 305 million so‘m mablag‘ hisobiga ta’mirlangan. 

O‘rganish davomida tashkilotda aniqlangan kamchiliklar bo‘yicha muassasa mas’ullariga amaldagi tartib bo‘yicha jazo choralari qo‘llanildi. Jumladan, tashkilot hamshirasiga nisbatan “hayfsan” intizomiy jazo berildi. Tumandagi 60-DMTT 1975-yilda 200 o‘rinli zamonaviy binoda tashkil topgan bo‘lib, hozirda 200 nafar tarbiyalanuvchilar tarbiyalanmoqda. Tashkilot 2023-yil “Tashabbusli byudjet” loyihasi asosida ta’mirdan chiqarildi. Shart-sharoitlari belgilangan talablar darajasida.

O‘rganilgan kunda taomnoma hamda mavsumiy taomnomlarga qatʼiy rioya qilmagan, tashkilot hamshirasi ham o‘z vazifasiga sovuqqonlik bilan yondashgani asoslandi. Kamchiliklarga yo‘l qo‘ygan muassasa hamshirasi hamda xo‘jalik ishlar bo‘yicha mudirga nisbatan “hayifsan” intizomiy jazo chorasi berildi.Ushbu tanqid ostiga olngan tashkilotlar hududidagi foydalanilmayotgan binolarni ta’mirlash hamda joylarda unumli foydalanish, mas’ul tashkilotlarga hujjatlar taqdim etish harakatlari davom ettirilyapti.
Yuqoridagi tashkilot direktorlari zimmalaridagi vazifalarga e’tiborli bo‘lishlari rahbariyat tomonidan alohirda ko‘rsatib o‘tildi. Ulardan holatlar yuzasidan tegishli tartibda tushuntirish xatlari olingan. Mavjud kamchiliklarni bartaraf etish, amaldagi tartib asosida faoliyat olib borishlari xususida tushunchalar berilib, ogoh etilganlarini ma’lum qilamiz.

Farg‘ona viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi Axborot xizmati