Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
Sud tizimida korrupsiyaviy xavf-hatarlarni oldini olish masalalari
2025-01-24 17:12:11 485
Bugungi kunda jahon miqyosida davlatlar taraqqiyotiga salbiy taʼsir koʻrsatayotgan, barchani tashvishga solayotgan korrupsiya xavfi ortib bormoqda. Korrupsiya – siyosat va davlat boshqaruvi sohasidagi ijtimoiy xavfli xodisa boʻlib, davlat funksiyalarini bajarish vakolatiga ega boʻlgan yoki ularga tenglashtirilgan shaxslarning noqonuniy tarzda moddiy va boshqa boyliklar, imtiyozlarni olishda oʻz maqomi va u bilan bogʻliq imkoniyatlardan foydalanishi, shuningdek, bu boylik imtiyozlarni jismoniy yoki yuridik shaxslar qonunga xilof ravishda egallashiga imkon berishida ifodalanadi.
Taraqqiyotning yangi bosqichida O’zbekiston uchun korrupsiyaning har qanday shakldagi ko‘rinishi islohotlar shiddatini va samarasini susaytirishi mumkin bo’lgan illat hisoblanadi. Darhaqiqat, Davlatimiz rahbarining 2022-yil 20-dekabrdagi Oliy Majlis va O‘zbekiston xalqiga murojaatnomasida “Korrupsiyaga qarshi kurashishda aholining barcha qatlamlari, eng yaxshi mutaxassislar jalb qilinmas ekan, jamiyatimizning barcha aʼzolari, taʼbir joiz bo’lsa, “halollik vatsinasi” bilan emlanmas ekan, o‘z oldimizga qo‘ygan yuksak marralarga erisha olmaymiz”, deb bejizga taʼkidlanmagan. Shu sababli, Yangi O‘zbekistonda “Inson qadri uchun” tamoyili asosida xalqimizning farovonligini yanada oshirish, inson huquqlari va manfaatlarini so‘zsiz taʼminlash hamda faol fuqarolik jamiyatini shakllantirishga qaratilgan islohotlar doirasida barcha sohalarda korrupsiyaga qarshi murosasiz kurashish muhitini shakllantirish talab etiladi.
Hozirgi kunda davlat organlarida korrupsiyaviy holatlarni oldini olish va ularga qarshi keskin choralar ko‘rish bo‘yicha ko‘plab islohotlar amalga oshirilmoqda. Garchi keskin choralar ko‘rilayotgan bo‘lsa ham ba’zi holatlarda korrupsiya bilan bog‘liq muammolar haligacha davom etayotganligi, ayniqsa davlat hokimyatining mustaqil organi hisoblangan sud tizimida bunday holatlar yuz berayotganligi hech birimizga sir emas. Sud tizimi fuqarolarning huquq va erkinliklarini himoya qilishi, nizolarni qonuniy, adolatli va holisona hal qilishi, jinoyatchilikka qarshi faol kurashda adolatli qarorlar chiqarishga mas’ul organ hisoblanadi. Biroq, korrupsiya sud tizimidagi xodimlarning ayniqsa, sudyalarning adolat va qonunga sodiqligini zaiflashtirib, adolat mezonlarini buzadi.
Sud tizimida korrupsiyaviy holatlarni avj olishi oqibatida sud qarorlari qonun ustivorligi asosida emas, balki moddiy manfaat yoki boshqa ta’sirli vositalar orqali hal qilinishiga olib keladi. Natijada, davlatda qonun ustuvorligi, adolatlilik prinsipi o‘rniga fuqarolarning qonunlarga amal qilish istagi susayib, ular o‘z huquqlarini o‘z qo‘li bilan ta’minlashga intilishi ortadi. Korrupsiya sud tizimida bir nechta ko‘rinishlarda namoyon bo‘ladi. Bular: sud jarayoniga boshqa davlat organlarining aralashuvi, ish hajmining oylik maosh bilan mutanosib emasligi, sud jarayonlarida shaffoflikning yetishmasligi, tashqi ta’sir va siyosiy bosim, kabi bir qancha omillarni o‘z ichiga oladi.
Mazkur islohotlar sud tizimida korrupsiyaviy xavf-hatarlarni oldini olishda mukammal chora-tadbirlar desak aslo mubolag‘a bo‘lmaydi. Sud tizimining, xususan sudyalarning qarorlar qabul qilishda mustaqilligining kafolatlari qamrovi kengaytirilishi va yanada mustahkamlanishi sud tizimi faoliyati samaradorligini hamda sud va sudyalar xolisligi darajasini, ishni ko’rishning ochiqligi va sifatini hamda chiqarilayotgan sud qarorlarining qonuniy, adolatli va eng asosiysi asosli bo‘lishiga zamin yaratadi desak aslo mubolag’a bo’lmaydi.
Foziljon Xatamkulov
Fuqarolik ishlari bo‘yicha O‘zbekiston tumanlararo sudi sudyasi