Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
Bir necha marta saylov byulletenini berganlik uchun javobgarlik belgilandi
2024-09-23 10:43:06 183
Keyingi yillarda demokratik islohotlarni chuqurlashtirish hamda mamlakatni modernizatsiya qilish maqsadida ilg‘or xorijiy tajriba va xalqaro saylov standartlari asosida saylov to‘g‘risidagi qonunchilikni yanada takomillashtirishga qaratilgan tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.
Shu bilan birga har bir fuqaroning teng saylov huquqi kafolatlarini kuchaytirish maqsadida fuqarolarga bir necha marta yoki boshqa shaxslar nomidan ovoz berish uchun saylov (ovoz berish) byulletenlarini berganlik uchun javobgarlikni belgilash, shuningdek siyosiy partiyalarning saylovda ishtirok etishi uchun O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti hisobidan ajratilgan mablag‘lar bo‘yicha moliyaviy hisobotlarni taqdim etish tartibiga rioya etmaganlik uchun javobgarlikni kuchaytirish zaruriyati yuzaga kelmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Prezident tomonidan 2024 yil 4 sentabr kuni imzolangan O‘RQ-953-son Qonuni bilan ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirishlar va qo‘shimcha kiritildi. Ushbu Qonun bilan O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga saylov komissiyasining yoki referendum o‘tkazuvchi komissiyaning a’zosi tomonidan fuqaroga bir necha marta yoki boshqa shaxslar nomidan ovoz berish uchun saylov (ovoz berish) byulletenini berganlik, shuningdek siyosiy partiyalarga saylovda ishtirok etish uchun ajratilgan davlat mablag‘lari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasiga oraliq yoki yakuniy hisobotni taqdim etmaganlik yoki o‘z vaqtida taqdim etmaganlik yoxud hisobotda bila turib noto‘g‘ri ma’lumotlarni taqdim etganlik uchun ma’muriy javobgarlikni nazarda tutuvchi qo‘shimcha kiritildi.
O.Xasanov
Jinoyat ishlari bo‘yicha Beshariq tuman sudining raisi