Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Noyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 47 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

“O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida”gi Qonuni mazmun-mohiyati

×

 2024-04-02 16:47:03    342

PDF yuklash
Chop etish


Tadbirkorlar endi sayyor soliq tekshiruvlari va soliq auditi qarorlari ustidan to‘g‘ridan to‘g‘ri sudga shikoyat qilishi mumkin.

Qonun bilan Soliq kodeksiga kiritilgan o‘zgartirishga ko‘ra, soliq organlarining sayyor soliq tekshiruvlari va soliq auditi natijalari bo‘yicha qabul qilingan qarorlari ustidan tadbirkorlarning to‘g‘ridan to‘g‘ri sudga shikoyat qilishiga doir cheklovlar bekor qilindi hamda sudga shikoyat qilish imkoniyatlari kengaytirildi.

Shuningdek “Xo‘jalik shirkatlari to‘g‘risida”gi, “Mas’uliyati cheklangan hamda qo‘shimcha mas’uliyatli jamiyatlar to‘g‘risida”gi va “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonunlarga kiritilgan o‘zgartirishga ko‘ra, tadbirkorlik subyektining ustav fondini (ustav kapitalini) kamaytirish to‘g‘risida qaror qabul qilinganda kreditorlarni yozma ravishda xabardor qilish va OAVlarda bu haqda e’lon berish talabi bekor qilindi.

Bunga qadar tadbirkorlar sayyor soliq tekshiruvi va soliq auditi natijalaridan norozi bo‘lgan taqdirda, ularning shikoyatlari dastlab yuqori turuvchi soliq organi tomonidan ko‘rib chiqilishi, shundan keyingina sudga shikoyat qilishlari mumkin edi.

Shuhrat Mirzakirov

Jinoyat ishlari bo`yicha O`zbekiston tuman sudining raisi