Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Noyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 52 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

Farg'onada aholining atmosfera havosi ifloslanayotganligi yuzasidan murojaatlari o'rganildi

×

 2023-08-12 17:52:14    221

PDF yuklash
Chop etish


Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi ishchi guruhi tomonidan Farg'ona viloyatining O‘zbekiston tumanidagi "Sho‘rsuv” mahalla fuqarolar yig‘inida jamoatchilik eshituvi bo‘lib o'tdi.

 

Eshituv hududdagi korxonalardan chiqayotgan turli xil tutun, chang va zararli moddalar atmosferani ifloslantirayotgani borasidagi murojaatni o'rganish maqsadida tashkil qilindi.

“Sho‘rsuv” mahallasida ayni damda qurilish materiallari ishlab chiqaruvchi 35 dan ziyod korxona faoliyat ko‘rsatadi. Vazirlik vakillari ana shu korxonalar faoliyati bilan yaqindan tanishdi. O‘rganish davomida gips mahsulotlari ishlab chiqaradigan korxonalarning qo‘lbola chang-gaz ushlash qurilmalari bilan jihozlangani, natijada atmosferaga zaharli moddalar belgilangan standartlardan ancha yuqori miqdorda chiqarilayotgani ma’lum bo‘ldi.

Qolaversa, korxonalarda ventilyatsiya tizimlari hamda siklon quvurlarining germetik berkligi yetarli darajada ta’minlanmagani, ayrim qurilmalar yasama usulda korxona ishchilari tomonidan tayyorlangani va boshqa kamchiliklar ham aniqlandi.

Ishchi guruh a’zolari korxona va tashkilot mas’ullari bilan uchrashib, korxonalarga chang-gaz ushlovchi zamonaviy qurilmalar o‘rnatish kerakligini ta'kidlashdi. Shu bilan birga, yo‘l qo‘yilayotgan boshqa kamchiliklarni bartaraf etish va doimiy monitoring olib borish yuzasidan taklif va tavsiyalar berildi.

Vazirlikning mobil tahliliy laboratoriyasi orqali gips ishlab chiqarishga ixtisoslashgan korxonalar atrofi, "Sho‘rsuv" shaharchasi hududlaridan tahlillar olindi. Ishlab chiqarish jarayonlarida hosil bo‘lib, atrof-muhitga tashlanayotgan zararli moddalar bevosita kuzatildi. Hududdagi atrof-muhit va aholi salomatligiga salbiy ta’sir ko‘rsatadigan omillar mutaxassislar va korxona rahbari ishtirokida o‘rganildi.

 

Hozirda aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish maqsadida chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqilmoqda.

Farg‘ona viloyat Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati