Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
“Soliqchi-tadbirkorga ko‘makchi”
2023-04-12 22:30:49 148
O‘zbekiston tuman soliq inspeksiyasi “Tadbirkorlikni qo‘llab quvvatlash” sho‘basi boshlig‘i Xoliqberdiyev Lazizbek Odilbekovich O‘zbekiston tuman soliq inspeksiyasi tumanimizda “Soliqchi tadbirkorga ko‘makchi” tamoili asosida bir qator ishlar amalga oshirilayotganligi ma’lum qildi.
“Soliqchi-tadbirkorga ko‘makchi” tamoyili asosida O‘zbekiston tuman soliq inspeksiyasi “Yuridik shaxslarga xizmat ko‘rsatish” bo‘limi “Tadbirkorlikni qo‘llab quvvatlash” sho‘basi tomonidan kichik biznes va tadbirkorlik sub’ektlarinig buxgalteriya xisobini yuritish hamda soliq hisobotlarini taqdim etishda aniqlangan kamchiliklarga tuzatishlar kiritishda xamda soliq organlariga aloqador boshqa masalalar bo‘yicha yordam ko‘rsatilinmoqda 2023 yil yanvar-fevral-mart oylarida jami 78 ta yangi tadbirkorlik subektlari ro‘yxatdan o‘tdi va ularga boshlang‘ich buxgalteriya xisobotlarini yuritish hamda soliq xisobotlarini taqdim etish bo‘yicha amaliy tushunchalar berildi. 810 ta tadbirkorlik sub’ektlari o‘rganilib, shulardan 113 ta sub’ektlardagi kamchiliklarni bartaraf etishdi 77 ta tadbirkorlik subektlariga soliq imtiyozlari va ularni qo‘llash tartibi xaqida amaliy tushunchalar berildi. Shundan E-aktiv AAT bo‘yicha xamda E-imtiyoz AAT bo‘yicha tushuncha berish va undan foydalanish bo‘yicha yo‘riqnomalarni o‘rgatish ishlari amalga oshilrildi. 174 ta tadbirkorlarga ShXRdan ko‘chirma berish, 26 ta xolatda 75591,0 ming so‘m ortiqcha to‘lov summasini boshqa soliq turlarida bo‘lgan soliq qarzi summasiga singdirildi xamda 2 xolatda 22200,0 ming so‘m ortiqcha to‘lovlar soliq to‘lovchining xisob raqamiga qaytarildi. 72 ta boshqa idora va tashkilotlarga aloqador mummolar bo‘yicha amaliy yordam ko‘rsatildi. Soliqlar iqtisodiyotimizning ustuni hisoblanib, ijtimoiy taraqqiyotimiz manbasidir.
Shunday ekan, tuman soliq inspeksiyasi xodimlari ham tizimda davom etayotgan islohotlarda faol qatnashib, shaffoflikni ta’minlagan holda soliq to‘lovchilarning biznes hamkori sifatida ularning intizomli soliq to‘lovchi bo‘lib qolishlari uchun barcha sharoitlarni yaratib berishga harakat qiladilar.
U o‘z so‘zining yakunida tumanimiz axolisi va tadbirkorlarga O‘zbekiston tuman soliq inspeksiyasi xodimlari xar doim tadbirkorlarni qo‘llab quvvatlash ularning tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirib yurtimiz ravnaqiga munosib xissa qo‘shishlariga birgalikda yordam berishlarini takidlab o‘tdi.
O‘zbekiston tuman Soliq inspeksiyasi