Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Noyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 39 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

2022 yilda soliq tushumlari va 2023 yildan soliq ma’murchiligiga joriy etiladigan o‘zgarishlar haqida

×

 2023-01-11 14:10:04    182

PDF yuklash
Chop etish


Prezidentimiz ta’kidlaganlaridek, jonajon O‘zbekistonimiz milliy rivojlanishning yangi davriga dadil qadam qo‘ymoqda. Hayotimizning barcha jabhalarida, xususan, soliq tizimida ham ulkan islohotlar amalga oshirilmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlis va O‘zbekiston xalqiga Murojaatnomasida ham soliq tizimida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan muhim o‘zgarishlarni belgilab berdi.

Xususan, mol-mulk va yer soliqlarining bir qismi mahallaning o‘zida qolishi kutilayotgan–“Mahalla budjeti” tizimi joriy etilmoqda. Shuningdek,  tumanlarning iqtisodiy rivojlanishiga qarab turli soliq stavkalari qo‘llanilishi ko‘zda tutilmoqda. Misol uchun, sharoiti eng og‘ir bo‘lgan respublikadagi 20 ta tuman uchun aylanmadan olinadigan soliq, foyda solig‘i, ijtimoiy soliq stavkalarini 1 foiz miqdorida belgilanmoqda.

2023 yil 1 yanvardan qoʻshilgan qiymat soligʻi stavkasi (QQS) 15%dan 12%gacha pasaytirildi. Shu sanadan barcha realizatsiyalarda QQS stavkasi 12% koʻrsatilishi lozim.

Qoʻshilgan qiymat soligʻi salbiy farq summasini qoplash yuzasidan kameral soliq tekshiruvini oʻtkazish muddati 60 kundan 30 kungacha qisqartirildi. Shu bilan birga QQS toʻlovchining guvohnomasi vaqtincha toʻxtatilganda hisobga olinmagan QQS summasi keyinchalik guvohnomaning amal qilishi tiklanganida, haqiqatda olingan tovarlar (xizmatlar) boʻyicha toʻlangan summa soliq toʻlovchida va uning xaridorlarida guvohnomaning amal qilishi toʻxtatib turilgan sanadan hisobga olinadi.

Aylanmadan olinadigan soliqning amaldagi 4% dan 25% gacha belgilangan stavkalari unifikatsiya qilinib, 4% miqdoridagi yagona stavka belgilandi. Bunda ayrim soliq toʻlovchilar uchun Soliq kodeksida belgilangan 3, 2 va 1 foizli stavkalar saqlanib qoldi.

Tadbirkorlik subyektlariga aylanmalaridan kelib chiqib soliq toʻlashda yengilliklar berildi. Xususan, tadbirkorlar ixtiyoriy asosda jami daromad summasi 500 mln soʻmdan oshmaganda yiliga 20 mln soʻm, 500 mln soʻmdan oshganda – yiliga 30 mln soʻm qatʼiy belgilangan summani toʻlashga oʻtishni tanlashga haqli. Bunda yillik summa teng ulushlarda har oyda, kalendar oydan keyingi oyning oʻn beshinchi kunidan kechiktirmay toʻlanadi.  Mazkur soliqni toʻlashga oʻtish uchun keyingi oy boshlanishidan 10 kun oldin, 2023-yil 1-yanvardan oʻtish uchun esa 25-yanvardan kechiktirmay xabarnoma taqdim etishlari lozim. Yangi tashkil etilgan soliq toʻlovchilar davlat roʻyxatidan oʻtishda qatʼiy belgilangan summada soliq toʻlashni tanlashga haqli.

Qatʼiy belgilangan summada soliq toʻlovchilarning dividendlar tarzida olinadigan daromadlariga soliq solinmaydi va aylanmadan olinadigan soliq hisobotini taqdim etmaydi.

2022 yil 1 sentabrdan foyda soligʻini toʻlashga oʻtgan jami daromadi 10 mlrd soʻmgacha boʻlgan soliq toʻlovchilarga 2023 yil 7,5% stavkada bir yil davomida, jami daromadi 10 mlrd soʻmdan oshganlarga ikki yil davomida 7,5% stavkada foyda soligʻini toʻlash huquqi berilmoqda.

Bundan tashqari, biznesga soliq yukini kamaytirish maqsadida 2023 yil 1 yanvardan boshlab QQS stavkasi 15 foizdan 12 foizga pasaytirilmoqda.

Shu bilan birga Prezidentimiz Murojaatnomada davlat idoralari  tadbirkorlarga servis xizmati ko‘rsatishi lozimligi va yangi yilda mazkur jarayon bo‘yicha baholash tizimi joriy etilishini aytib o‘tdi.

Ayni kunlarda O’zbekiston tuman davlat soliq inspeksiyasi ma’sul hodimlari tomonidan tadbirkorlarga bu borada tushuntirish ishlari olib borilmoqda. Shuningdek ularga, qa’tiy belgilangan summada soliq to’lashning afzallik va foydali tomonlari ko’rsatilib, qanday qilib soliq to’lashning bunday tartibiga o’tish mumkinligi to’g’risida ma’lumotlar berilmoqda.

Biz, soliq idoralari xodimlari tadbirkorlar bilan hamkorlikda ishlashga, soliq qonunchiligiga oid zarur yordamlarni ko‘rsatishga hamisha tayyormiz. Soliq tizimiga oid qo‘shimcha savollar bo‘lsa, “Tadbirkorlikni qo’llab quvvatlash” sho’basi ishonch telefoniga (73-539-18-06) qo‘ng‘iroq qilishingiz mumkin. Murojaatingiz qisqa fursatlarda o‘rganib chiqiladi va javob beriladi.

“Davlat soliq xizmati – insofli soliq to‘lovchining ishonchli hamkori” tamoyili doirasida siz bilan hamkorlikka tayyormiz!

O‘zbekiston tumani davlat soliq inspektsiyasi