Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
“CHINOR” PODSTANSIYASIDA JORIY TA’MIRLASH ISHLARI BAJARILADI
2022-11-17 22:35:42 137
OʻZBEKISTON TUMANINING BA’ZI HUDUDLARIDA QISQA MUDDATLI ELEKTR ENERGIYASIDAN UZULISHLAR KUZATILADI
Joriy yilning 18-noyabr kuni Oʻzbekiston tumanining “Yakkatut”, “Qudash”, “Sochtepa”, “Do’ngsaroy”, “Dexqonobod”, “Beshkapa”, “Qoriyozbobo” hamda “Qudashobod” mahalla fuqarolar yigʼini hududlarini elektr energiyasi taʼminlovchi 35/10 kVli “Chinor” podstantsiyasidagi elektr qurilmalarni hamda kuch transformatorida joriy ta’mirlash ishlari bajarilishi sababli, mazkur hududlarga elektr energiyasini yetkazib berishda soat 08-00 dan 18-00 ga qadar qisqa muddatli uzilishlar kuzatiladi.
Podstansiyada ta’mirlash ishlarini o‘z vaqtida xavfsiz olib borish uchun “Fargʼona hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” АJ tomonidan jarayonga kerakli malakali mutaxassislar hamda zarur maxsus transport vositalari jalb etiladi.
Ta’mirlash vaqtida keltirilgan noqulayliklar uchun uzr soʻraymiz.
“Fargʼona HETK” АJ matbuot xizmati