Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
"Soliqchi - ko‘makchi” tamoyili asosida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan O‘zbekiston tumani davlat soliq inspeksiyasi Fozilov Ulug‘bek Egamberdiyevichning HISOBOTI
2022-11-04 10:53:34 155
Joriy yil 9 sentyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti "Taʼsirchan soliq mexanizmini qo‘llash natijasida hosil bo‘lgan soliq qarzini hisobdan chiqarish to‘g‘risida"gi 218-sonli farmonni imzoladi.
Aholi va tadbirkorlik sub’ektlarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash maqsadida qabul qilingan mazkur farmonga asosan qator soliq yengilliklari joriy etildi.
Hujjatga muvofiq:
- foydalanilmayotgan ob’ektlar mulkdorlariga nisbatan oshirilgan stavkalarda qo‘llanilgan ta’sirchan soliq mexanizmi natijasida hosil bo‘lgan mol-mulk solig‘I va yer solig‘i bo‘yicha mavjud soliq qarzi hisobdan chiqariladi;
- soliq qarzini undirish bilan bog‘liq sud va ijro ishlari tugatiladi.
Joriy yil 1 iyuldan boshlab mol-mulk va yer soliqlarining oshirilgan stavkalarini qo‘llash bekor qilindi.
Albatta, berilayotgan soliq imtiyozlari tadbirkorlik sub’ektlariga qo‘shimcha imkoniyatlar yaratadi, sohani rivojlanishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.
Shu o‘rinda tadbirkorlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash maqsadida “Soliqchi-ko‘makchi” tamoyili asosida O‘zbekiston tumani davlat soliq inspeksiyasi xodimlari tomonidan amalga oshirilayotgan ishlarga to‘xtalib o‘tmoqchiman.
Ayni paytda muntazam ravishda tadbirkorlar bilan turli ochiq muloqot va uchrashuvlar tashkil etilmoqda, muammolar o‘rganilib ijobiy hal etish choralari ko‘rilmoqda. Shuningdek, tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish uchun muhim bo‘lgan qator yo‘nalishlarni belgilab olgan holda amaliy yordamlar ko‘rsatilmoqda.
Xususan, 2022 yil oktyabr oyi davomida O‘zbekiston tumani DSI tomonidan 190 ta tadbirkorlik sub’ektlarini qiynayotgan muammolari o‘rganildi. Mazkur jarayon davomida ko‘maklashish zarur bo‘lgan 23 ta tadbirkorlik sub’ektlariga dastlabki buxgalteriyasini yuritish, qulay soliq rejimini tanlash, soliq imtiyozlari va ularni qo‘llash tartibini tushuntirish, ortiqcha QQS to‘lovlarini qaytarish kabi masalalar yuzasidan amaliy yordamlar ko‘rsatildi.
Biz, soliq idoralari xodimlari tadbirkorlar bilan hamkorlikda ishlashga, soliq qonunchiligiga oid zarur yordamlarni ko‘rsatishga hamisha tayyormiz. Soliq tizimiga oid qo‘shimcha savollar bo‘lsa, “Tadbirkorlikni qo’llab quvvatlash” sho’basi ishonch telefoniga (73-539-18-06) qo‘ng‘iroq qilishingiz mumkin. Murojaatingiz qisqa fursatlarda o‘rganib chiqiladi va javob beriladi.
“Davlat soliq xizmati – insofli soliq to‘lovchining ishonchli hamkori” tamoyili doirasida siz bilan hamkorlikka tayyormiz!