Shrift o'lchami Rang Rasm

<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 15 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

“Yagona davlat nazorati” tizimida roʻyxatga olinmagan tadbirkorlik faoliyatini tekshirishlar noqonuniy hisoblanadi

×

 2022-09-17 11:28:24    109

PDF yuklash
Chop etish


Prezidentimizning joriy yil 22-avgust kuni tadbirkorlar bilan oʻtkazgan ochiq muloqotida tadbirkorlikni rivojlantirish, tadbirkorlik sub’ektlari faoliyatiga asossiz aralashuvlarning oldini olish hamda nazorat qiluvchi organlarning mas’uliyatini oshirish va faoliyati ochiqligini ta’minlash boʻyicha qator vazifalar belgilangan edi. Аna shu vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida davlatimiz rahbarining 2022-yil 13-sentyabrdagi “Tadbirkorlik sub’ektlari faoliyatida tekshiruvlar oʻtkazishni muvofiqlashtirish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻg’risida”gi qarori qabul qilindi.

“Yagona davlat nazorati” tizimi oʻzi nima? degan savol tug’ilishi tabiiy mazkur tizim tadbirkorlik sohasida davlat nazorati bilan bog’liq katta hajmdagi ma’lumotlarni yig’ish, tahlil qilish va qayta ishlash imkonini beruvchi hamda nazorat qiluvchi organlar tomonidan kelishish yoki xabardor etish orqali tadbirkorlik sub’ektlari faoliyatida teshiruv oʻtkazish tashabbusini, oʻtkaziladgan tekshiruvlarni va ular natijalarini roʻyxatga olishni ta’minlovchi elektron axborot tizimi hisoblanadi.

Qarorga muvofiq, nazorat qiluvchi organlar tomonidan 2022 yil 1 noyabrdan:

tadbirkorlarni tekshirishlar “Yagona davlat nazorati” axborot tizimida roʻyxatga olinadi (roʻyxatga olinmagan tekshiruvlarni oʻtkazish noqonuniy hisoblanadi);

tekshiruvlarning natijalari hamda profilaktika tadbirlari toʻg’risida ma’lumot tadbirlar tugagan kundan 3 kunda “Yagona davlat nazorati” axborot tizimiga kiritiladi.

“Xavfni tahlil etish” tizimi natijalariga asosan oʻtkaziladigan tekshiruvlarning boshlanishi haqida tadbirkorlar kamida 10 ish kuni oldin xabardor qilinadi.

Tadbirkorlarning ilgari tekshirilgan faoliyat davridagi predmeti va ob’ekti boʻyicha qayta tekshiruv oʻtkazish va avval taqdim etilgan hujjatlarni talab qilish mumkin emas.

Mazkur qarorga koʻra, tadbirkorlar bir nechta holatda nazorat qiluvchi organlarning mansabdor shaxslarini tekshiruv oʻtkazish uchun oʻz hududiga qoʻymaslik huquqiga ega ekanligi belgilangan bular:

tekshiruv oʻtkazish toʻg’risidagi buyruq rasmiylashtirilmaganda;

tekshiruv Tadbirkorlarning huquqlarini himoya qilish boʻyicha vakil bilan kelishilmaganda yoki u xabardor etilmaganda;

tekshirish huquqini beruvchi maxsus guvohnoma mavjud boʻlmaganida;

ular Tekshiruvlarni roʻyxatga olish kitobiga ma’lumotlarni kiritishdan bosh tortganida Tadbirkorlar nazorat qiluvchi organlarning mansabdor shaxslarini tekshiruv oʻtkazish uchun oʻz hududiga qoʻymaslik huquqiga ega hisoblanadi.

Shuni ham eslatib oʻtishimiz joizki, 2023-yil 1-yanvardan nazorat qiluvchi organlarga “Yagona davlat nazorati” axborot tizimidagi davlat nazorati funktsiyalari reestriga kiritilmagan funktsiyalar boʻyicha tadbirkorlar faoliyatida tekshiruvlar oʻtkazish taqiqlanadi.

Muxammadjon Ulmasov

Oʻzbekiston tuman adliya boʻlimi yetakchi maslahatchisi