Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Mart 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
25262728293031

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 145 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

Endilikda nogironligi boʻlgan shaxslarni ishga qabul qilganlarga subsidiya beriladi

×

 2022-09-13 15:19:19    52

PDF yuklash
Chop etish


Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 20.04.2022 yildagi “Nogironligi boʻlgan shaxslarning bandligiga koʻmaklashishni rag’batlantirish chora-tadbirlari toʻg’risida”gi 203-sonli qarori tasdiqlandi.

Mazkur qaror bilan kimlarga va qancha miqdorda subsidiya beriladi?

Mazkur qarorning 1-ilovasi bilan tasdiqlangan “Nogironligi boʻlgan shaxslarni ishga qabul qilgan ish beruvchilarga Bandlikka koʻmaklashish davlat jamg’armasi mablag’lari hisobidan subsidiya berish tartibi toʻg’risida NIZOM”ning 2-bandiga koʻra, nogironligi boʻlgan shaxslarni ishga qabul qilgan ish beruvchilarga har bir xodim uchun 6 oy davomida har oyda bazaviy hisoblash miqdorining 1,5 baravari (hozirgi kunda 450.000 soʻm) miqdorida subsidiya beriladi. Bunda shuni unutmasligimiz kerakki, mazkur subsidiya byudjet tashkilotlari, davlat korxonalari, ustav kapitalida davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq boʻlgan yuridik shaxslarga tatbiq etilmaydi.

Ish beruvchilar nogironligi boʻlgan shaxsni ishga qabul qilgandan keyin subsidiya olish uchun qaerga va qanday tartida murojaat qilishi lozim?

Ish beruvchilar nogironligi boʻlgan shaxsni ishga qabul qilgandan keyin subsidiya olish uchun tegishli mahalliy mehnat organiga (tuman (shahar) Аholi bandligiga koʻmaklashish markazi (АBKM) yozma ravishda yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali murojaat qiladi. Murojaatda ishga qabul qilingan nogironligi boʻlgan shaxsning familyasi, ismi, otasining ismi, nogironlik guruhi, ish beruvchining subsidiya toʻlab berilishi lozim boʻlgan hisobvarag’i koʻrsatilishi, shuningdek, murojaatga nogironligi boʻlgan shaxsning ishga qabul qilinganligi toʻg’risidagi buyruq nusxasi ilova qilinishi shart.

Subsidiya ajratishni rasmiylashtirish tartibi qanday?

Mahalliy mehnat organi ish beruvchi tomonidan subsidiya olishni soʻrab taqdim etilgan hujjatlarni 3 ish kuni ichida oʻrganib chiqadi. Bunda nogironligi boʻlgan shaxs bilan tuzilgan mehnat shartnomasi «Yagona milliy mehnat tizimi» idoralararo dasturiy-apparat kompleksidan roʻyxatdan oʻtkazilganligi va ushbu shaxs «Tibbiy-ijtimoiy ekspertiza» elektron axborot tizimida roʻyxatda turganligi subsidiya berish uchun asos hisoblanadi.

Ish beruvchi tomonidan hujjatlar toʻliq taqdim etilgan, barcha zarur ma’lumotlar koʻrsatilgan va nogironligi boʻlgan shaxs bilan tuzilgan mehnat shartnomasi «Yagona milliy mehnat tizimi» idoralararo dasturiy-apparat kompleksida roʻyxatdan oʻtkazilganligi tasdiqlangan taqdirda, mahalliy mehnat organi ish beruvchiga nogironligi boʻlgan shaxsni ishga qabul qilganligi uchun subsidiya berish toʻg’risidagi buyruqni rasmiylashtiradi. Buyruqda subsidiya miqdori va uni ajratish muddati koʻrsatilishi lozim.

Qayday holatlar subsidiya ajratishni rad etuvchi holatlar hisobanadi?

Yuqorida sanab oʻtilgan hujjatlar, ya’ni tegishli mehnat organiga qilingan murojaatda ishga qabul qilingan nogironligi boʻlgan shaxsning familyasi, ismi, otasining ismi, nogironlik guruhi, ish beruvchining subsidiya toʻlab berilishi lozim boʻlgan hisobvarag’i koʻrsatilishi, shuningdek, murojaatga nogironligi boʻlgan shaxsning ishga qabul qilinganligi toʻg’risidagi buyruq nusxasi toʻliq taqdim etilmagan yoki nogironligi boʻlgan shaxs bilan tuzilgan mehnat shartnomasi «Yagona milliy mehnat tizimi» idoralararo dasturiy-apparat kompleksida roʻyxatdan oʻtkazilmaganligi yoxud «Tibbiy-ijtimoiy ekspertiza» elektron axborot tizimida roʻyxatda turmaganligi aniqlansa, mahalliy mehnat organi subsidiya ajratishni rad etadi va murojaatchiga rad etishning sabablari asoslangan xabarnomani yuboradi.

Subsidiya berish qanday asoslarga koʻra toʻxtatilishi mumkin?

Mahalliy mehnat organi xodimlari, shu jumladan, Davlat mehnat inspektsiyasi mansabdor shaxslari joyiga chiqqan holda, ishga qabul qilingan nogironligi boʻlgan shaxslarning haqiqatdan ishlayotganligini monitoring qilish va ular bilan suhbatlashib, ish oʻrinlaridagi sharoitlar bilan tanishishga haqli.

Mahalliy mehnat organi xodimlari tomonidan oʻtkazilgan monitoring natijalariga koʻra, ishga qabul qilingan nogironligi boʻlgan shaxslarning ish joyida sababsiz boʻlmaganligi yoki sababsiz ishga muntazam ravishda kelmayotganligi yoxud subsidiyani yolg’on ma’lumotlar asosida olganligi aniqlansa, subsidiya berish toʻxtatiladi va toʻlangan mablag’larni belgilangan tartibda qaytarish choralari koʻriladi.

Muxammadjon Ulmasov

Oʻzbekiston tuman adliya boʻlimi Inson huquqlarini himoya qilish va

huquqni qoʻllash amaliyotini oʻrganish boʻlnimasi yetakchi maslahatchisi