Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
Aholini ro‘yxatga olishning birlamchi ma’lumotlarini shakllantirish
2022-04-26 14:05:47 128
Aholini ro‘yxatga olishning birlamchi ma’lumotlarini kiritish va qayta ishlash hududlarda amalga oshiriladi. Hududiy statistika boshqarmalari huzurida 14 ta birlamchi ma’lumotlarni elektron bazaga kiritish markazi tashkil etiladi. Har bir hududiy markazda tegishli hudud bo‘yicha aholini ro‘yxatga olishning birlamchi ma’lumotlari elektron bazaga kiritiladi va tahrir qilinadi.
Aholini ro‘yxatga olish birlamchi ma’lumotlarini kiritish va qayta ishlash maxsus dasturiy ta’minot asosida hududiy markaz boshliqlari, operatorlar guruhi boshliqlari, hujjatlarni saqlash xodimlari (arxiv xodimi), ma’lumotlarni kiritish va mantiqiy nazorat qilish bo‘yicha operatorlarni vaqtincha jalb etish orqali amalga oshiriladi. Respublika darajasida yakuniy ma’lumotlarni jamlash va tahlil qilish maxsus komp’yuter dasturi asosida amalga oshiriladi. Ro‘yxatga olishning birlamchi ma’lumotlarini elektron bazaga kiritish ishlari 2024-yil 31-dekabrgacha amalga oshiriladi.
Jahon internet axborot tarmog‘i orqali respondentlar ro‘yxatga olish varag‘i shakllarini mustaqil ravishda to‘ldirishlari mumkin.
Qo‘mita jahon internet axborot tarmog‘i orqali ro‘yxatdan o‘tgan respondentlar va ularning uy manzillari ro‘yxatini shakllantiradi hamda hududiy statistika organlariga yuboradi.
Birlamchi ma’lumotlarni elektron bazaga kiritish va ularni qayta ishlash bo‘yicha nazorat hududiy statistika boshqarmalari tomonidan amalga oshiriladi. Qo‘mita tomonidan muntazam ravishda monitoring ishlari yo‘lga qo‘yilib, muvofiqlashtiriladi.
Shaxsga doir birlamchi ma’lumotlar qayta ishlash jarayonida maxfiylashtiriladi.
Zarur hollarda aholini ro‘yxatga olish natijalarini tahlil qilishda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat personallashtirish markazi, Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi, Ichki ishlar vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligi, Budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi hamda boshqa tegishli vazirlik va idoralarda mavjud aholi bilan bog‘liq bo‘lgan ma’lumotlar bazalaridan foydalaniladi.
O‘zbekiston tumani statistika bo‘limi