Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
Shaxsga doir ma’lumotlarni yig‘ish qanday amalga oshiriladi
2022-03-11 01:06:57 162
Oְ‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 11-noyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasida 2023-yilda aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va uni oi‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi 710-son qarorida ko‘rsatib o‘tilganidek respondentlar yashaydigan turar joy va noturar joylarga, binolarga tashrif buyurgan holda uyma-uy yurib so‘rov o‘tkazish orqali amalga oshiriladi. Ro‘yxatga olish varag‘i shakllari ro‘yxatga oluvchi xodimlar tomonidan respondentlarning so‘zlari asosida to‘ldiriladi, aholini ro‘yxatga olishni o‘tkazish davrida yashash joyida hozir bo‘lmagan yoki voyaga yetmagan shaxslar (respondentlar) to‘g‘risidagi shaxsga doir ma’lumotlar mazkur uy xo‘jaligining voyaga yetgan a’zolari tomonidan ma’lum qilinadi. O‘ziga nisbatan vasiylik yoki homiylik belgilangan shaxslar to‘g‘risidagi shaxsga doir ma’lumotlar ularning vasiylari yoxud homiylari tomonidan ma’lum qilinadi, yashab turgan xonadonida ro‘yxatdan o‘tishni istamagan respondentlar uchun ro‘yxatga olish so‘rovnomalarini to‘ldirish tuman (shahar) hokimliklar tomonidan ajratilgan bino yoki xonalarda joylashgan statsionar uchastkalarda amalga oshiriladi, respondent ro‘yxatga olish varag‘idagi savollarga javob berishni rad etgan taqdirda, ro‘yxatga olish varag‘i fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlaridagi yoki mahalliy davlat hokimiyati organlaridagi mavjud ma’lumotlar asosida to‘ldiriladi.
Bundan tashqari gapirishi va eshitishida nuqsoni bo‘lgan fuqarolarning shaxsga doir ma’lumotlarini yig‘ish tegishli hudud bo‘yicha nogironlik jamiyatlarining xodimlari yoki ushbu shaxslar bilan muomala qilish imkoniyati mavjud bo‘lgan shaxslar ko‘magida amalga oshiriladi. Shaxsga doir ma’lumotlarni yig‘ish axborot xavfsizligini ta’minlash talablarini hisobga olgan holda axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish orqali ham amalga oshiriladi. Aholining ayrim toifalari bo‘yicha shaxsga doir ma’lumotlarni yig‘ish, ro‘yxatga olish varag‘i shakllari va boshqa ro‘yxatga olish hujjatlarini to‘ldirish “Aholini ro‘yxatga olish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 24-moddasiga muvofiq amalga oshiriladi.