Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Fevral 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
2425262728  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 30 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

YOSHLAR YETAKCHILARI BILAN UCHRASHUVLAR DAVOM ETMOQDA

×

 2022-02-17 11:25:33    149

PDF yuklash
Chop etish


O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutining Farg‘ona mintaqaviy filiali rahbariyati va professor-o'qituvchilari O‘zbekiston tumanidagi mahalla fuqarolar yig‘inlarida bo‘lib, mahallalarda ish boshlagan yoshlar yetakchilari bilan doimiy ravishda uchrashuvlar o'tkazib kelishmoqda.

Mutaxassislar tomonidan yoshlar yetakchilarini ma'naviy qo‘llab-quvvatlash, ularga o‘z vazifalarini to'liq amalga oshirishlarida ko‘maklashish uchun tashkil etilayotgan ushbu uchrashuvlar davomida mahallalarda yoshlar o‘rtasida "Besh muhim tashabbus" loyihalari asosida madaniyat va san’atni targ‘ib qilish, sog‘lom turmush tarzi va sportni ommalashtirish, axborot texnologiyalaridan samarali foydalanishni tashkil qilish, ma’naviyat va kitobxonlikni targ‘ib qilish, vatanparvarlik ruhida tarbiyalash va huquqiy savodxonlikni oshirish, tadbirkorlik g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlash kabi asosiy yo‘nalishlarni amalga oshirish bo'yicha malakaviy ko'rsatmalar va takliflar berilmoqda.

Yoshlar yetakchilari faoliyati samaradorligini oshirish, ilg‘or tajribalarni ommalashtirish, faol, iqtidorli va tashabbuskor yetakchilarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida uyushtirilayotgan mazkur uchrachuvlar joylarda davom etmoqda.