Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Noyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 35 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

Konstitutsiya – inson huquqlari va erkinliklari kafolati

×

 2021-12-06 21:28:17    283

PDF yuklash
Chop etish


Mamlakatimiz mustaqillikka erishgandan so’ng inson, uning huquq va erkinliklariga bo’lgan qarash tubdan o’zgardi. Inson huquqlari eng oliy qadriyat sifatida qarala boshlanganligi, buning yorqin ifodasi sifatida shun iaytish mumkinki, mamlakat mustaqilligidan so’ng qabul qilinayotgan qonunchilik hujjatlarida birinchi navbatda inson manfaatlari ko’zlanayotganligi va o’z aksini topayotganligidadir.

Inson, uning huquq va erkinliklari Konstitutsiya va qonunlar bilan kafolatlangandir. Jumladan konstitutsiyaning 2-bo’limi “Inson va fuqarolarning asosiy huquqlari, erkinliklari va burchlari” deb nomlanadi.

O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi davlatimiz mustaqilligining huquqiy zamini, xalq xohish-irodasining oliy ifodasi sifatida maydonga chiqdi.

Mamlakatimiz Konstitutsiyasi oliy darajadagi qonun sifatida davlatimiz qiyofasini, uning ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy tuzumini, boshqaruvning demokratik printsiplarini, jamiyat rivojlanishining strategik yo’nalishlarini, fuqarolar huquq va erkinliklari kafolatlanganligini hamda ma’naviy qadriyatlarimiz asoslarini mustahkamlab beradi.

O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi demokratik huquqiy davlat va erkin fuqaroviy jamiyat barpo etishning chinakam huquqiy poydevoridir. Unda huquqiy davlatchilikning asosiy printsip va belgilari, xususan, konstitutsiya va qonunning ustunligi, demokratizm, ijtimoiy adolat printsiplari mustahkamlangan.

Mamlakatimiz Konstitutsiyasi fuqarolarning huquq va erkinliklari borasida Inson huquqlari umumjahon Deklaratsiyasining barchaa sosiy g’oya va qoidalarini o’ziga singdirgan. Аsosiy qonunimizning 2-moddasida “Davlat organlari va mansabdor shaxslar jamiyat va fuqarolar oldida mas’uldirlar” deb ta’kidlangan. Bu fuqarolarning huquq va manfaatlari ustunligini va ular konstitutsiyaviy darajada kafolatlanishini anglatadi.

Аsosiy qonunning ichki tuzilishi quyidagichadir: “fuqaro-jamiyat-davlat”. Ushbu uchlikning o’zaro aloqalari fuqaro huquq va erkinliklarining ustivorligi va o’zgarmasligi printsipiga asoslanadi.

Konstitutsiyada har bir fuqaroga tegishli bo’lgan tabiiy va ajralmas huquqlar jumladan, yashash huquqi, jismoniy va ma’naviy daxlsizlik, shaxsiy hayot daxlsizligi huquqi, fikrlar va g’oyalar erkinligiga bo’lgan huquqi, axborot olish huquqi, aybsizlik prezumtsiyasi, sud himoyasidan foydalanish huquqi va boshqalar tan olingan.

O’zbekiston Respublikasida barcha fuqarolar bir xil huquq va erkinliklarga ega bo’lib, fuqaro va davlat bir-biriga nisbatan mavjud bo’lgan huquqlari va burchlari bilan o’zaro bog’liqdir. Fuqarolarning konstitutsiya va qonunlarda mustahkamlab qo’yilgan huquq va erkinliklari daxlsizdir.

А.Еrgashev

O’zbekiston tuman Yuridik xizmat ko’rsatish markazi boshlig’i