Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
Аholini ro‘yxatga olish jarayonida maʼlumotlarni yig‘ish
2021-10-07 21:54:40 129
Internet jahon tarmog‘i orqali javob berish; telefon orqali so‘rov o‘tkazish va portativ qurilmalardan foydalanish (masalan, planshetlar, noutbuklar, smartfonlar, mobil telefonlar). Ushbu texnologiyalar bugungi kunda baʼzi bosqichlarda bir vaqtning o‘zida maʼlumotlarni yig‘ish va qayta ishlash imkonini beradi. Ushbu hujjatda, shuningdek, yangi texnologiyalar yordamida maʼlumotlarni yig‘ish bo‘yicha yanada samarali operatsiyalar va ro‘yxatga olish maqsadida maʼmuriy registrlar maʼlumotlarga kirish vositalarini ishlab chiqish uchun texnologiyalardan foydalanish masalalari bo‘yicha yaratilgan imkoniyatlar muhokama qilingan. Javoblarni Internet jahon tarmog‘i orqali taqdim etish usuli
Internetdan maʼlumotlarni to‘plash vositasi sifatida foydalanish, ro‘yxatga olish jarayonida maʼlumot to‘plash, odatda, shaxsiy so‘rovdan ko‘ra o‘z-o‘zini ro‘yxatga olish usuli bilan amalga oshirilishi kerakligini anglatadi. Internetdan foydalanish hollari anʼanaviy tarzda so‘rovnomalarni respondentlarga yetkazish va yig‘ish usullariga (masalan, pochta orqali xatlarni yetkazib berish/yig‘ish, shuningdek, ularni jo‘natish va qaytarish kabi) qo‘shilishi mumkin. Ko‘rib chiqish uchun asosiy omil — axborot yig‘ish ustidan nazoratni amalga oshirish, yaʼni, har bir xonadon va har bir shaxs faqat bir marta hisobga olinishi kerak. Bu har bir uyni (va har bir xonadonni) geografik joylashuvi bilan bog‘lash imkoniyatini talab qiladi. Ro‘yxatga olish savolnoma varaqalari ro‘yxatga oluvchilar tomonidan to‘playdigan (pochta orqali yuborilmaydigan) mamlakatlar uchun qo‘shimcha murakkab omil — bu ro‘yxatga oluvchilar ro‘yxatga olish varaqalarini to‘ldirib yuborgan uy xo‘jaliklariga tashrif buyurmagan holda maʼlumotni yig‘ish jarayonida o‘z maʼlumotlarini yangilash uchun yetarli darajada fikr-mulohaza yuritish zaruriyatining mavjudligidir.
Internet usulidan foydalanishning potentsial darajasi Internetga kirish imkoniga ega bo‘lgan aholining ulushini, keng polosali xizmatlardan foydalanadigan aholining ulushini, shuningdek, Internetdan boshqa maqsadlarda foydalanishning umumiy ko‘rsatkichini (masalan, onlayn bank operatsiyalari, soliq deklaratsiyalarini to‘ldirish, xaridlar) aniqlash orqali baholanishi kerak. Shuni taʼkidlash kerakki, respondentlarning ayrim maqsadli guruhlari (masalan, shahar joylardagi yoshlar) Internet jahon tarmog‘i orqali ro‘yxatga olish savolnomalarini to‘ldirishni afzal ko‘rishlari mumkin va shuning uchun bunday respondentlarga qog‘ozda yozish varaqalarini yetkazib berish shart emas. Faqat Internet jahon tarmog‘i orqali javob berish xizmatiga kirish haqida maʼlumot yuborish imkoniyatini ko‘rib chiqish kerak.
Bundan tashqari, Internet jahon tarmog‘i orqali ro‘yxatga olish savolnoma varaqalarini to‘ldirib jo‘natish imkonini beruvchi tizimlar va jarayonlarni ishlab chiqish kerak. Bu xarajatlarni ko‘paytirishga olib kelishi mumkin, ammo boshqa tomondan, ro‘yxatga oluvchilar ish yuklamasining pasayishi va maʼlumotlarni kiritish xarajatlarini kamayishi, shuningdek, so‘rovnomalarning nashr etish va pochta jo‘natmalari uchun xarajatlarni tejash imkoniyati mavjud. Biroq, qog‘ozli ro‘yxatga olish varaqalaridan foydalanganda skanerlash va belgilarni aniqlash allaqachon mavjud bo‘ʼlgan samarali texnologiyalardir. Shu nuqtai nazardan, maʼlumotlarni kiritish xarajatlarini kamaytirish orqali erishilgan mablag‘larni tejash Internet tizimini ishlab chiqish va amalga oshirish xarajatlariga nisbatan kamroq bo‘lishi mumkin.
G‘. Mamajonov
Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasi mutaxassisi