Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Noyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 56 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

VATAN HIMOYASI – MUQADDAS BURCH

×

 2021-01-11 22:08:09    372

PDF yuklash
Chop etish


14-yanvar O’zbekiston Respublikasining suvereniteti, xududiy yaxlitligi, aholining tinch hayoti va xavfsizligini himoya qiladigan kasb egalari – Vatan himoyachilari kuni   va O’zbekiston Respublikasi qurolli Kuchlari tashkil topgan kun sifatida nishonlanadi.

Mustaqilligimizning ilk yillaridanoq mamlakatimiz mudofaasini kuchaytirish masalasi davlatimiz siyosatining eng muhim ustuvor yo‘nalishlaridan biri sifatida belgilab olindi.

1992 yil 14 yanvar kuni mustaqil davlatimiz tarixida yana bir muhim tadbirga qo‘l urildi. Respublika Oliy Kengashining “O‘zbekiston Respublikasi hududida joylashgan harbiy qismlar va harbiy o‘quv muassasalari to‘g‘risida”gi qarori bilan mamlakatimiz hududidagi barcha harbiy tuzilmalar mustaqil O‘zbekiston tasarrufiga o‘tkazildi. Davlatimiz  rahbari tashabbusiga asosan qabul qilingan mazkur hujjat armiyamizni isloh qilishning uzoq muddatli dasturi ishlab  chiqilishiga yo‘l ochdi. 1993 yilning 29 dekabrida 14 yanvar yurtimizda “ Vatan himoyachilari kuni” deb e'lon qilindi. 

Bugungi kunda hayotning o‘zi Qurolli Kuchlarni boshqarish, rejalashtirish va qo‘llash tizimida zamonaviy axborot-kommunikasiya texnologiyalardan keng foydalanish, boshqaruvning informatsion vositalari va harbiy aloqa tizimlarini uyg‘unlashtirishni, Qurolli Kuchlarimiz axborot-kommunikasiyalarining raqamli yagona tarmog‘ini yaratishni taqozo etmoqda. Milliy armiyamizni bosqichma-bosqich va tizimli ravishda shakllantirishda, avvalo, O‘zbekistonning mintaqamizda va hozirgi dunyoda tutgan geostrategik va geosiyosiy o‘rnini, mamlakatimiz havfsizligiga qarshi qaratilgan jiddiy ichki va tashqi tahdid va xatarlarni, ayniqsa, kuchayib va faollashib borayotgan xalqaro terrorchilik, ekstremizm, toborа ko‘lami kengayib borayotgan narkoagressiya, ommaviy qirg‘in qurollarining tarqalishi kabi balo-qazolarni hisobga olgan holda ish tutildi.

Armiyamiz jahon harbiy qurilishining eng ilg‘or tajribalarini o‘zida mujassam etgan bo‘lib, ayni paytda milliy jangovar an'analarimizni yuksak sadoqat bilan davom ettirmoqda, shu bilan birga, mintaqamizda ro‘y berish ehtimoli mavjud bo‘lgan harbiy harakatlar va jangovar amaliyotlar ham har tomonlama e'tiborga olinmoqda. Harbiy o‘quv yurtlarimizdagi ta'lim tizimi tubdan o‘zgarmoqda, ularda bo‘lg‘usi ofiserlarni tayyorlash va tarbiyalash hozirgi zamon talablariga to‘la mos keladigan, prinsipial jihatdan mutlaqo yangi bo‘lgan o‘quv-texnik va ma'naviy-ahloqiy asosda yo‘lga qo‘yilgan. Armiya saflariga, avvalombor, mustaqil va suveren O‘zbekistonimizga xizmat qilish, uning manfaatlari va sarhadlarini, xalqimizning tinch va osuda hayotini himoya etishga azmu qaror qilgan mard va fidoyi, intellektual jihatdan tarbiya topgan yetuk kadrlar keladi. 

O‘tgan davr mobaynida amalga oshirilgan keng ko‘lamli islohatlar tufayli yurtimiz xavfsizligini, sarhadlarimiz dahlsizligini ishonchli himoya qilishga, aholimizning tinch va osuda hayotiga qarshi qaratilgan har qanday g‘arazli urinishlarning oldini olishga qodir bo‘lgan, ixcham, tezkor, tashkiliy jihatdan mukammal, zamonaviy qurol-yarog‘ va harbiy texnika bilan ta'minlangan milliy armiyamiz shakllantirildi.  

Bugungi kun yurtimiz o‘g‘lonlari buyuk bobokalonimiz izdoshi bo‘lib kelmoqda. Ulug‘ ajdodlarimizning ma'naviy olami xususida fikr yuritganda, butun dunyoga ma'lum va mashhur bo‘lgan  Sohibqiron Amir Temur bobomiz haqida alohida to‘xtalishimiz tabiiydir. Chunki azmu shijoat, mardlik va donishmandlik ramzi bo‘lgan bu mumtoz siymo buyuk saltanat barpo etib, davlatchilik borasida o‘zida ham amaliy, ham nazariy meros qoldirdi, ilmu fan, madaniyat, bunyodkorlik, din va ma'naviyat rivojiga keng yo‘l ochdi. Yuqorida keltirilgan fikr-mulohazalar va dalillardan ko‘rinib turibdiki, davlat arbobi yoshligidan juda tadbirkor, ishning ko‘zini biladigan kishi bo‘lgan, u ayniqsa, boshqaruvning nozik, ko‘pchilik uchun tushunish qiyin bo‘lgan sirlarini yaxshi o‘zlashtirgan. Uning dunyoqarashida davlatga, harbiy ishlarga bo‘lgan qiziqishi yoshligidan uyg‘onadi. Uni ulamolar imtihon qilishib, quvvat xotirasiga tasannolar aytishgan. O‘n ikki yoshga to‘lganida u: Bolalarcha o‘yinlardan orlanadigan bo‘ladi va vaqtini o‘ziga tengqur o‘spirinlar bilan o‘tkazishga harakat qiladi.

Temur 16-18 yoshida qilichbozlik, nayzabozlik va shikor (ov) qilish san'atini mohirona egallaydi va 20 yoshida esa abjir chavondoz bo‘lib yetishadi. Keyin u o‘z tengqurlarini guruhlarga bo‘lib, jang mashqlarini o‘tkaza boshlaydi. Sohibqiron o‘n olti yoshgacha faqat diniy emas, balki dunyoviy fanlar-tarix, falsafa, geografiya, hisob va boshqa ilmlardan ham xabardor bo‘lgan. Buyuk lashkarboshi mamlakat obodonchiligini yuksaltirish, aholining iqtisodiy turmush tarzini yaxshilash va mo‘l-ko‘lchilikni ta'minlashga o‘zining ulkan xissasini qo‘shgan. Bunga ulug‘ Amir pirlari Zayniddin Abubakr Toybodiy uqtirgan saltanat ishlaridagi to‘rt narsaga: ya’ni, kengash, mashvaratu maslahat, mustahkam qaror, tadbirkorlik va hushyorlik, ehtiyotkorlikka amal qilganligi tufayli erishgan. Buni biz Amir Temurning “Barcha ishlarimning to‘qqiz ulushini kengash, tadbir va mashvarat, qolgan bir ulushini esa qilich bilan bajo keltirdim”, deb aytgan iboratomuz so‘zlaridan ham bilsak bo‘ladi. Sohibqiron qaysi bir mamlakatga lashkar tortib borganligidan qat'i nazar, u adolatni himoya qilgan, insof va diyonat uchun jangga kirgan. Aksariyat hollarda kelib chiqqan urushlar Amir Temur raqiblarining adolatsizligi, insof diyonatsizligi, imonsizligi aybi bilan jang olib borgan.  Bugungi kunda Sohibqiron yaratgan harbiy san'at merosi jahon xalqlarining harbiy san'ati merosidan munosib o‘rin oldi va hozirgi kunning yangi  mazmuni bilan boyib bormoqda.   

Vatan ostonadan, inson yashab nafas olib turgan go‘shadan, insonning kindik qoni to‘kilgan xonadon tuprog‘idan boshlanadi.Shu bois, inson ilk bor nafas olib, ulg‘ayib voyaga yetgan ona zaminga mehr-muhabbat va sadoqatda bo‘lishi, uning har bir hovuch muqaddas tuprog‘ini ko‘ziga to‘tiyodek surtishi, unga nisbatan bir umr farzandlik hissi bilan yashashi uning uchun ham farz, ham qarzdir.  Vatanimiz tuprog‘idagi har bir qarich yer muqaddas hisoblanadi. Shuning uchun ajdodlarimiz yurt tuprog‘ini ko‘zlariga to‘tiyo etganlar, qayerga borsa ham vatan yodi bilan nafas olganlar. Yurtimiz insonlari vatanimizdan tashqarida baxt-saodatga erisha olmaydilar. Har bir insonning o‘z Vatani uning uchun dunyodagi eng go‘zal va muqaddas makondir.

Vatanga mehr-muhabati bo‘lmagan insonni ota-onasiga mehri bor desalar bunga ishonib bo‘lmaydi. Ona vatanimizga sadoqatli bo‘lish, ajdodlar merosiga qiziqish, milliy ma'naviyatdan baxramandlik, o‘ziga ishonch, kelajak oldida ma'sullik tuyg‘ularini tarbiyalaydi.  Ta'lim muassasalarida “Vatan himoyachilari kuni” tadbirlarini o‘tkazishning mazmun-mohiyati shundan iboratki, o‘quvchilardan Respublikamiz Qurolli kuchlarining salohiyati va obro‘si, mamlakatimiz mustaqilligi hamda xududiy yaxlitligi, xalqimizning tinch hayotini va mustaqillikni mustahkamlash yo‘lidagi bunyodkorlik mehnatini himoya qilish, yosh avlodni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashdagi ahamiyatini keng yoritib berish, ularni o‘z vataniga sodiq va fidoiy insonlar etib tarbiyalash barcha ta'lim muassasalarining pedagogik jamoasining eng muhim vazifalaridan biriga aylangan.

Bugungi kunda yoshlarda vatan ravnaqi, yurt tinchligi, xalq farovonligi, komil inson, ijtimioy hamkorlik kabi milliy g‘oyalarning asosiy yo‘nalishlarini shakllantirish, bu ta'lim muassasalaridagi ma'naviy-ma'rifiy ishlarni yanada takomillashtirish an'anaga aylanib bormoqda. Yoshlarni harbiy xizmatga kuzatish marosimlarini tantanali o‘tkazish ham vatanparvarlik tizimiga kiradi. Vatanimiz, xalqimiz tinchligi va osoyishtaligini ishonchli himoya qilish, bugungi kunda har bir yigit qizning orzusi va burchiga aylanib bormoqda. 

Bu borada, adliya organlari tomonidan aholining huquqiy ongi va madaniyatini yuksaltirish, qonunga hurmat ruhini shakllantirish, yoshlarni vatanga sadoqatli, mard va jasur avlodlar sifatida kamol topishlarini ta’minlash maqsadida muntazam ravishda joylarda aholi va yoshlar o’rtasida huquqiy targ’ibot tadbirlari olib borilmoqda.

Yoshlarimiz mustaqil vatanimizning posbonlaridir. Biz navqiron avlod vakillarini barkamol, yetuk kishilar qilib voyaga yetkazsak, ularning har birida or-nomus, milliy g‘ururni izchil shakllantirib borsak, vatanimiz shunchalik qudratli davlatga aylanadi. Vatanni, xalqimiz tinchligi va osoyishtaligini ishonchli himoya qilish, vatanparvar bo‘lish, sodiqlik, fidoyilik tuyg‘ularini xis etib yashayotgan yoshlarimiz mustaqil yurtimizning kelajagidir. Biz qo‘lga kiritgan bunday yutuqlar bilan muqaddas yurtimizda yashayotgan, millati, dini va e'tiqodidan qat'i nazar, har bir inson haqli ravishda faxrlansa arziydi. 

             A.Ergashev

O‘zbekiston tuman adliya bo’limi yetakchi maslahatchisi