Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
O‘zbekiston Prezidenti Qozog‘iston parlamenti Senati Raisini qabul qildi
2017-09-29 16:08:45 243
O‘zbekiston Prezidentining joriy yil mart oyida Qozog‘istonga va Qozog‘iston Prezidentining shu oyda O‘zbekistonga davlat tashriflari, shuningdek, davlatlarimiz rahbarlarining muntazamlik kasb etgan va ishonchga asoslangan muloqoti keng ko‘lamli O‘zbekiston –Qozog‘iston munosabatlarini sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarish va ularni aniq mazmun bilan boyitishga xizmat qilgani qayd etildi.
Chegaraoldi hududlari o‘rtasida o‘zaro tashriflar uyushtirilmoqda, sheriklik munosabatlari mustahkamlanmoqda, mamlakatlarimizda ishbilarmonlik va madaniy-gumanitar tadbirlar birgalikda o‘tkazilmoqda.
Uchrashuvda parlamentlararo hamkorlik, jumladan, xalqaro va mintaqaviy tuzilmalar doirasidagi aloqalarni yanada faollashtirish masalasiga alohida e’tibor qaratildi.
Oliy darajadagi tashriflar davomida erishilgan ikki tomonlama kelishuvlar va qabul qilingan qarorlar ijrosini ta’minlash hamda o‘zaro manfaatli sheriklikka doir istiqbolli loyiha va dasturlarni ilgari surishda mamlakatlarimiz parlamentlari muhim o‘rin tutishi qayd etildi.
Do‘stlik va hamkorlik guruhlari o‘rtasida muntazam uchrashuvlar o‘tkazish, O‘zbekiston va Qozog‘iston parlamentlarining tegishli qo‘mitalari o‘rtasida yaqin amaliy aloqalar o‘rnatish muhimligi ta’kidlandi.
Yuqori martabali mehmon Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevga samimiy va mazmunli uchrashuv uchun minnatdorlik bildirib, Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Nursulton Nazarboyevning salomi va ezgu tilaklarini yetkazdi.
Kasim-Jomart Tokayev Qozog‘iston Respublikasi parlamenti o‘zaro do‘stlik va strategik sheriklik munasabatlarini yanada mustahkamlash yo‘lida O‘zbekiston bilan faol va keng ko‘lamli hamkorlikka tayyor ekanini yana bir bor ta’kidladi.