Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Fevral 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
2425262728  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 22 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

Tibbiyot birlashmasining egnida milliy libosli hamshiralari mushoira o‘tkazdilar

×

 2025-02-06 18:07:26    456

PDF yuklash
Chop etish


O‘zbekistonda ko‘p yillik tarixga ega, o‘ziga xos milliy liboslar shakllangan. Milliy liboslarimiz nafaqat millatimiz ko‘rki, balki ma’naviy mafkuramiz va dunyo tamaddunida tutgan o‘rnimizni ham namoyon etadi.

Ana shu milliy liboslar va qadriyatlarimizning ijobiy ahamiyatini keng jamoatchilikka yetkazish, yoshlarda milliy liboslarga mehr uyg‘otish maqsadida O‘zbekiston tumanida ham turkum ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar tashkil etilmoqda.

“Milliy liboslar” loyihasi doirasida tuman tibbiyot birlashmasiga qarashli davolash muassasalari hamshiralari ishtirokida mushoira o‘tkazildi. 

Yaypandagi axborot-kutubxona markazida tashkillangan ma’naviy-ma’rifiy tadbirda tuman maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi boshlig‘i Shokirov Shoxruxbek, tibbiyot birlashmasi mutasaddilari, Ma’naviyat va ma’rifat markazi bo‘linmasi mas’ul xodimlari qatnashdilar.

Mushoirada Vatanga muhabbat, ona, mehr va sadoqatni madh  etuvchi she’rlar yod olindi. Ijod va kitobxonlik yuzasidan davra suhbati, savol-javoblar bo‘lib o‘tdi.