Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
Respublika ishchi guruhi o‘rganishlari doirasida aholi bilan ommaviy qabul, “Mehnat va loyihalar yarmarka”lari o‘tkazildi
2025-02-05 22:10:51 79
Avval xabar berilganidek, mamlakatimizda aholi kayfiyatiga salbiy ta’sir etuvchi omillarni bartaraf etish, ishsizlik va kambag‘allikni qisqartirish kabi yo‘nalishlarda Respublika ishchi guruhi O‘zbekiston tumanida ham o‘z o‘rganishlarini davom ettirmoqda.
Ana shu o‘rganishlar doirasida bugun Yaypan shahridagi madaniyat markazida ommaviy qabul hamda “Mehnat va loyihalar yarmarka”lari tashkillandi.
Aholi bilan ochiq muloqotni ta’minlash, ularni qiynab kelayotgan muammolarni aniqlash hamda bartaraf etishga qaratilgan ommaviy qabulda Respublika ishchi guruhi vakillari va sektor rahbarlari ishtirok etdi. Unda jismoniy va yuridik shaxslarning turli masalalarga oid murojaatlari atroflicha ko‘rib chiqildi. Qabul davomida aksariyat murojaatlarga shu yerning o‘zida ijobiy yechim topilgan bo‘lsa, muddat talab etiladigan masalalarga mas’ullar biriktirilib, ijrosi alohida nazoratga olindi.
O‘tkazilgan “Mehnat yarmarkasi”da esa ishtirokchilarga 90 dan ziyod korxona va tashkilotlar tomonidan 220 dan ortiq bo‘sh ish o‘rinlari taklif etildi. Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limiga ko‘ra shu kuni 56 nafar fuqarolarning bandligi ta’minlandi.
Shuningdek, tadbir davomida viloyatimizdagi tijorat banklari tomonidan “Loyihalar yarmarkasi” tashkil etildi. Unda ishtirokchilarga tadbirkorlikni rivojlantirish, bank xizmatlaridan samarali foydalanish, bank kredit turlari, imtiyoz va qo‘llanilayotgan yangiliklar bo‘yicha bank mutaxassislari tomonidan atroflicha tushuntirishlar berildi.
Shu kuni mahalladagi hokim yordamchilari tavsiyasiga asosan 6 nafar fuqarolarga zaruriy mehnat anjomlari, jumladan 3 nafar ayollarga zamonaviy tikuv mashinalari subsidiya asosida bepul topshirildi.