Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Yanvar 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 49 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

Yosh tadbirkorlar bilan uchrashuv o‘tkazildi

×

 2025-01-30 18:16:38    155

PDF yuklash
Chop etish


Bugun O‘zbekiston tumanida tashkillangan navbatdagi “Loyihalar yarmarkasi” davomida yosh tadbirkorlar va ushbu sohani boshlash istagidagi yigit-qizlar bilan ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi.

Tuman hokimligi hamda Yoshlar ishlari bo‘limining Markaziy bank Farg‘ona viloyati bosh boshqarmasi, “Yoshlar kelajagimiz” jamg‘armasi viloyat filiali, AT "Asakabank" kabi muassasalar bilan hamkorligida tashkillangan tadbir yoshlarni tadbirkorlikka jalb etish, ularni qo‘llab-quvvatlash va faoliyatiga ko‘maklashish maqsadiga qaratildi.

Tijorat banklari tomonidan ishtirokchilarga bank xizmatlaridan samarali foydalanish, bank kredit turlari, imtiyoz va qo‘llanilayotgan yangiliklar yuzasidan tushuntirishlar berildi. Loyihalarni amalga oshirishda Yoshlar kichik sanoat zonalaridan foydalanishning afzalliklari, mavjud yengillik va imtiyozlar haqida ma’lumotlar bo‘lishildi.

Uchrashuv davomida qizg‘in savol-javoblar formatida yoshlarning sohaga oid o‘zlarini qiziqtirgan masalalar bo‘yicha murojaatlari, biznes rejalari, taklif va g‘oyalari tinglandi, ularning har biri mutasaddilar tomonidan alohida e’tiborga olindi.