Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
Bir kunning o‘zida MIB O‘zbekiston tuman bo‘limi aralashuvi bilan ajrim yoqasidagi 5 ta oila yarashtirildi
2025-01-29 10:44:19 275
Bosh prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosi O‘zbekiston tuman bo‘limi tomonidan aliment undirish bilan bog‘liq ijro hujjatlari bajarilishiga e’tibor qaratilmoqda.
Xususan, o‘tgan 2024 yil davomida byuroning tuman bo‘limi ish yurituvida bo‘lgan aliment undiruviga oid 2 mingdan ortiq hujjatlar bo‘yicha 7,1 mlrd. so‘m qarzdorliklar undirildi.
Ish bilan band bo‘lmagan 306 nafar aliment to‘lovchilarni ishga joylashishiga ko‘maklashildi. 4 nafar fuqaro aliment to‘lovlari uchun oldindan 350 mln so‘mdan ortiq pul mablag‘larini naqd shaklda, 2 nafari esa uy-joy shaklida amalga oshirdi.
Albatta, aliment pullari ota-ona va ularning qaynoq mehri o‘rnini bosa olmaydi. Byuroning O‘zbekiston tumani bo‘limi tomonidan nafaqat aliment undirish, balki aliment to‘lovchi ota-onalardan arzimagan kelishmovchiliklar sababli farzandlarini tirik yetim qilmasdan, oilasini qayta tiklash choralarini ko‘rishga katta ahamiyat berilmoqda.
Byuro xodimlarining mas’ullar va faol jamoatchilik bilan bahamjihatlikda olib borilayotgan suhbatlar, targ‘ibot va tushuntirish ishlari natijasida 2024 yilda jami 390 tadan ziyod oila yarashtirildi.
Bu kabi sa’yi-harakatlar boshlangan yangi yilda ham davom ettirilmoqda.
Xususan, kecha 28 yanvar kuni o‘tkazilgan tadbirlar davomida bir necha bor ogohlantirilishiga qaramasdan aliment to‘lovidan bo‘yin tovlagan 4 nafar qarzdorlarga 15 sutkalik ma’muriy qamoq jazosi sud tomonidan tayinlandi.
Shuningdek, shu kuni MIB xodimlari aralashuvi va olib borilgan tushuntirishlar ishlari natijasida ajrim yoqasidagi 5 ta oilani yarashtirishga erishilib, ijro hujjati tamomlandi.
Majburiy ijro byurosi O‘zbekiston tumani bo‘limi