Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
Nogironligi bo'lgan shaxslarning odil sudlovdan foydalanishga bo'lgan huquqlarini ta'minlash uchun qo'shimcha sharoitlar yaratiladi
2024-09-23 11:09:06 204
Mamlakatimizda nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquqlarini ta’minlash uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, shuningdek inson huquqlari va erkinliklari sohasidagi umume’tirof etilgan xalqaro normalar va standartlarni milliy qonunchilikka izchil implementatsiya qilish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar amalga oshirildi.
Shu bilan birga nogironligi bo‘lgan shaxslarga boshqa fuqarolar bilan teng ravishda inson huquqlari va erkinliklarini amalga oshirish imkoniyatini beruvchi qo‘shimcha shart-sharoitlar yaratish maqsadida nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquqlari to‘g‘risidagi qonunchilikni yanada takomillashtirish zaruriyati yuzaga kelmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Prezident tomonidan 2024 yil 5 sentabr kuni imzolangan O‘RQ-955-son Qonuni bilan ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirishlar va qo‘shimcha kiritildi. Ushbu Qonun bilan “Nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquqlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga nogironligi bo‘lgan shaxslarning odil sudlovdan foydalanishga, saylash va saylanishga, referendumda ishtirok etishga, shuningdek ta’lim olishga bo‘lgan huquqlarini ta’minlash uchun qo‘shimcha shart-sharoitlar yaratilishini nazarda tutuvchi o‘zgartirishlar kiritilmoqda.
Qonunga kiritilgan qo'shimcha va o'zgartirishlarga ko'ra:-davlat nogironligi bo'lgan shaxslar uchun boshqalar bilan teng ravishda odil sudlovdan foydalanish imkoniyatini ta'minlaydi, shu jumladan sud protsessining barcha bosqichlarida, shuningdek surishtiruv va dastlabki tergov bosqichlarida nogironligi bo'lgan shaxslarning qonunda belgilangan tartibda bevosita yoki bilvosita ishtirok etishini ta'minlashga qaratilgan choralarni ko'radi.
- Nogironligi bo'lgan shaxslarning mamlakat ijtimoiy-siyosiy hayotida bevosita yoki o'z vakillari orqali ishtirok etishi, shu jumladan qonunda belgilangan tartibda saylash va saylanish, referendumlarda ishtirok etish huquqi ta'minlanadi.
- Davlat saylov uchastkalarida (referendum uchastkalarida) nogironligi bo'lgan shaxslarning barcha toifalari, shu jumladan eshitish, ko'rish bo'yicha nogironligi bo'lgan, o'rindiqli aravachalardan foydalanuvchi shaxslar ovoz berishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratilishini ta'minlaydi.
Bundan tashqari, Qonun nogironligi bo'lgan shaxslar bilan muloqot qilish uchun qulay muloqot shakllarini, shuningdek ijtimoiy infratuzilma obyektlarini nogironligi bo'lgan shaxslarning ularga moneliksiz kirishi uchun moslashtirish asoslarini belgilovchi normalar bilan to'ldirilmoqda.
B.Xolmatov
Jinoyat ishlari bo‘yicha Beshariq tuman sudining sudyasi