Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
“Davlat hisobidan yuridik yordam ko‘rsatish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonuni qabul qilinganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida” gi Qonuni mazmun-mohiyati
2024-04-02 16:50:43 384
Prezident tomonidan imzolangan Qonun (O'RQ-915-son, 27.02.2024 y.) bilan ayrim qonun hujjatlariga o'zgartirish va qo'shimchalar kiritildi.
Qonun bilan davlat hisobidan yuridik yordam olish huquqiga ega bo'lgan shaxslarga bunday yordam ko'rsatish uchun jinoyat, fuqarolik ishlari va ma'muriy huquqbuzarliklar to'g'risidagi ishlar bo'yicha hamda qonunda nazarda tutilgan boshqa hollarda advokatning ishtirok etishini ta'minlash tartibini belgilashga qaratilgan o'zgartirish va qo'shimchalar kiritildi.
Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeksiga kiritilgan qo'shimchaga ko'ra:
Ma'muriy huquqbuzarlik to'g'risidagi ishni ko'rib chiqayotgan vakolatli mansabdor shaxs yoki sud ma'muriy huquqbuzarlik sodir etgan shaxsning iltimosiga ko'ra, davlat hisobidan yuridik yordam ko'rsatadigan advokatning ishda ishtirok etishini ta'minlash choralarini ko'rishi shart.
Bunda advokatning ishda ishtirok etishi tasdiqlangan paytdan e'tiboran unga ishga kirishish uchun kamida 4 soat vaqt berilishi kerak.
Fuqarolik protsessual kodeksiga kiritilgan qo'shimchaga ko'ra, sud da'vogarning yoki javobgarning iltimosiga ko'ra, davlat hisobidan yuridik yordam ko'rsatadigan advokatning ishtirok etishini ta'minlash choralarini ko'rishi shart.
Shuhrat Mirzakirov
Jinoyat ishlari bo`yicha O`zbekiston tuman sudining raisi