Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
“Soliqchi - ko‘makchi” tamoyili asosida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan O‘zbekiston tuman davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘ining hisoboti
2023-11-10 15:58:21 701
Jonajon O‘zbekistonimiz milliy rivojlanishning yangi davriga dadil qadam qo‘ymoqda. Hayotimizning barcha jabhalarida, xususan, soliq tizimida ham ulkan islohotlar amalga oshirilmoqda.
Joriy yil boshida QQS summasini qaytarishning asosliligi yuzasidan kameral soliq tekshiruvini o‘tkazish muddati 30 kungacha qisqartirildi.
QQS boʻyicha maxsus roʻyxatdan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi guvohnomaning amal qilishini toʻxtatib turish tartibi bekor qilindi. Endilikda faqat bitta holatda amalga oshirilayotgan bitimlar(opersiyalar) xarid qilinayotgan va realizatsiya qilinayotgan tovarlar (xizmatlar) nomenklaturasiga nomuvofiq boʻlgan holatlarda QQS guvohnomasining amal qilish muddati toʻxtatib turilishi mumkin.
Foyda soligʻi boʻyicha har oy boʻnak toʻlovlarini toʻlashi lozim boʻlgan tadbirkorlik subyektlari daromadining chegaraviy miqdori 5 mlrd soʻmdan 10 mlrd soʻmga oshirildi.
- Kameral soliq tekshiruvi jarayonida quyidagilar taqiqlandi:
- soliq toʻlovchining hududiga kirish;
- soliq toʻlovchining hududini va binoalrini koʻzdan kechirish;
- soliq toʻlovchidan hujjatlarni talab qilib olish va uni chaqirtirish;
- soliq toʻlovchining hujjatlari va buyumlarini olib qoʻyish.
QQSni qoplash (qaytarishda) oʻtkaziladigan kameral soliq tekshiruvi bundan mustasno.
- 2024-yil 1-yanvardan:
- iqtisodiy sudlar tomonidan soliq organlari ishtirokida koʻrilayotgan ishlar maʼmuriy yurisdiksiyaga oʻtkaziladi;
- soliq majburiyatlari boʻyicha daʻvo muddati 5 yildan 3 yilgacha qisqartiriladi.
- Soliq tizimini mahallaga tushirish bo‘yicha.
Soliq tizimini mahalla darajasigacha tushirish, soliq ma’murchiligi bilan bog‘liq muammolarni hal etish, norasmiy faoliyat yuritayotgan sub’ektlarga qonuniy ishlash afzalliklari va tadbirkorlarga yaratilgan sharoitlarni tushuntirgan holda “soyadan chiqarish” orqali Davlat byudjetiga qo‘shimcha daromad manbalarini aniqlash va mahalliy byudjetga tushumlarni ko‘paytirish bo‘yicha ishlarni olib boradi.
O’zbekiston tuman bo‘yicha soliq inspeksiyasining
25 nafar mas’ul xodimlari tuman bo‘yicha barcha 73 ta MFYlarga biriktirilib, amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar belgilab olindi.
Xususan, 2023-yil oktabr oyi davomida O’zbekiston tuman soliq inspeksiyasi tomonidan 420 ta tadbirkorlik subyektlarini qiynayotgan muammolar o‘rganildi. Mazkur jarayon davomida ko‘maklashish zarur bo‘lgan tadbirkorlik subyektlariga dastlabki buxgalteriyasini yuritish, qulay soliq rejimini tanlash, soliq imtiyozlari va ularni qo‘llash tartibini tushuntirish, ortiqcha to‘lovlarini qaytarish kabi masalalar yuzasidan amaliy yordamlar ko‘rsatildi.
Biz, soliq idoralari xodimlari tadbirkorlar bilan hamkorlikda ishlashga, soliq qonunchiligiga oid zarur yordamlarni ko‘rsatishga hamisha tayyormiz. Soliq tizimiga oid qo‘shimcha savollar bo‘lsa, “Tadbirkorlikni qo‘llab quvvatlash” sho‘basi ishonch telefoniga (73-539-18-06) qo‘ng‘iroq qilishingiz mumkin. Murojaatingiz qisqa fursatlarda o‘rganib chiqiladi va javob beriladi.
“Davlat soliq xizmati – insofli soliq to‘lovchining ishonchli hamkori” tamoyili doirasida siz bilan hamkorlikka tayyormiz!
Ulug'bek Fozilov
O‘zbekiston tuman davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i