Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Noyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 48 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

Mamlakatimizda saylov qonunchiligi va uning jamiyat hayotidagi o‘rni

×

 2023-07-31 16:55:41    185

PDF yuklash
Chop etish


Saylov – demokratik taraqqiyot yo‘lini tanlagan har bir davlatning muhim belgilaridan biridir. Ushbu tadbir orqali fuqarolarning davlat hokimiyatini shakllantirish, vakillik organlariga saylash va saylanishdek siyosiy huquq va erkinliklari amalga oshiriladi. Oʻzbekiston Respublikasida demokratik talablarga javob beradigan zamonaviy saylov tizimining shakllanishi va rivojlanishi bosqichma-bosqich amalga oshirildi. Fuqarolarning xohish-irodasini erkin ifoda etish va har bir fuqaroning saylash va xalqaro huquqning umumeʼtirof etilgan tamoyillari va normalariga muvofiq davlat hokimiyatining vakillik organlariga saylanish huquqini kafolatlaydigan qonunchilik bazasi shakllantirildi. Uning bosh asosi Konstitutsiyamizning 128-moddasida oʻz aksini topdi. Chunonchi unda Oʻzbekiston Respublikasining fuqarolari davlat hokimiyati vakillik organlariga saylash va saylanish huquqiga egaligi mustahkamlanib qoʻyildi. Saylov nafaqat har bir davlatning milliy qonunchiligida balki xalqaro miqiyosdagi tan olingan jarayon va shaxs huquqidir. Butun jahon inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasining 21-moddasida aynan ushbu huquq quyidagicha eʼtirof etiladi: “Har bir inson bevosita yoki erkin saylangan vakillar vositasi orqali oʻz mamlakatini boshqarishda qatnashish huquqiga ega’’.

Huquqshunos Turgʻunovning fikricha – saylov insoniyat oʻylab topgan, hokimiyat vakolatini vujudga keltiruvchi eng qadimiy usullardan hisoblanib, u demokratiyaning yorqin ifodasi, fuqarolarning jamiyat va davlat ishlarida ishtirokining muhim shakli, davlat boshligʻi, vakillik organlarini (qonunchilik organini) vujudga keltirishning asosiy vositasidir. Bir so’z bilan aytganda – saylov shaxslarning oʻz taqdirini oʻzi belgilashiga imkon beradigan asl ijtimoiy identifikator va mavjud guruhlarning muayyan manfaatlarning namoyon boʻlishidagi jarayondir. Saylov qonunchilik jarayoni davlat va uning fuqarolar bilan boʻlgan bevosita va bilvosita munosabatidir. Shunday ekan ushbu tizimga oid dastlabki normativ hujjatlar qonun va qonun osti hujjatlar shaklida boʻlgan. Bugungi kunga kelib esa kodeks holiga keltirildi. Jumladan Ozarbayjon, Bolgariya, Fransiya, AQSH va boshqa davlatlar oʻz saylov tizimini kodekslar orqali tartibga soladi.  Joriy yilning 6-may  kuni Saylov kodeksiga Prezident, Qonunchilik palatasi deputatlari va Senat a’zolari saylovlarini muddatidan ilgari o‘tkazish bo‘yicha qo‘shimchalar kiritildi. Unga ko‘ra, prezident muddatidan ilgari O‘zbekiston Respublikasi prezidenti saylovini tayinlagan taqdirda, saylov ushbu kodeksga to‘liq amal qilgan holda ikki oy ichida o‘tkazilishi; Qonunchilik palatasi prezident tomonidan tarqatib yuborilgan taqdirda, saylov uch oy ichida o‘tkazilishi; Qonunchilik palatasi o‘zini o‘zi tarqatib yuborganda esa, saylov ikki oy ichida o‘tkazilishi; Senat prezident tomonidan tarqatib yuborilgan taqdirda, Senat a’zolarining saylovi uch oy ichida, Senatning o‘zi tomonidan tarqatilsa, bir oy ichida o‘tkazilishi belgilab qo’yildi.

Saylov bilan bog‘liq sudlarga shikoyat bilan murojaat etilmaganligi, aholining huquqiy ongi oshganligi, ushbu siyosiy jarayon hech kimni befarq qoldirmaganligi, referendum ochiq, shaffof va oshkora o‘tganligi, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi tomonidan saylov jarayoni qonunchilikka muvofiq tashkil etilib, saylov o‘tkazuvchi komissiyalarning faoliyati to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilganligi, har qanday masalada fuqarolar, shuningdek, kuzatuvchilar, ommaviy axborot vositalari vakillari bilan tegishli muloqot o‘rnatilib, ularga o‘z vaqtida kerakli tushuntirish va ma’lumotlar berilganligi uchun oddiy qilib aytganda, sudlarga shikoyat bilan murojaat qilishga o‘rin va zaruriyat qolmaganligi sabab bo‘lgan” deya bemalol aytishimiz mumkin. Shunday qilib, tarixi qadimiy o‘zbek milliy davlatchiligining boy tajribasini, qadriyatlari va an’analarini, insonparvarlik tamoyillarini o‘zida mujassam etgan, erkin va adolatli saylovlar o‘tkazishning xalqaro normalariga, demokratiya, huquqiy tenglik, erkinlik va oshkoralik kabi prinsip va standartlarga to‘la mos keladigan, jahonda e’tirofga sazovor bo‘lgan qonunlar qabul qilinib, amaliyotga tatbiq etildi. Bu mamlakatimizda demokratiyaning asosiy tamoyili – saylov huquqi, fuqarolar o‘z xohish-irodasini erkin ifoda etishi, o‘zlari tanlagan munosib nomzodga ixtiyoriy ovoz berishi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti lavozimiga yoki davlat hokimiyatining vakillik organlariga saylash va saylanish kabi huquqlarini ta’minlash uchun imkoniyat yaratdi.

Xulosa sifatida shuni taʼkidlash joizki, bugungi kunda mamlakatimizda olib borilayotgan siyosiy-huquqiy, ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy-maʼrifiy sohalardagi keng qamrovli islohotlar natijasi oʻlaroq, saylov tizimiga ham  davlat darajasida ulkan eʼtibor qaratilmoqda. Ko’plab rivojlanayotgan davlatlarda bo’lgani kabi bizning davlatimizda ham saylovga oid masalalar  har 3-4 yilda maʼlum darajada yangilanish xususiyatiga ega. Shu oʻrinda, bugungi kunda mazkur sohada mavjud ayrim kamchiliklarni oʻz vaqtida aniqlab, bartaraf etib borilsa, nisbatan qisqa muddatlarda mamlakatimizda ushbu sohaga oid ko’plab yutuqlarga erishish mumkin. 

Ismoilov Elyorjon

Fuqarolik ishlari bo‘yicha O‘zbekiston tumanlararo sudi raisi